Top.Mail.Ru

Qalbaki pul ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor fosh etildi

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu yilning 7 avgust kuni viloyat IIB ga M.A. (ismi sharifi ayrim sabablarga ko‘ra ochiqlanmagan) murojaat qilib,

Qalbaki pul ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor fosh etildi

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu yilning 7 avgust kuni viloyat IIB ga M.A. (ismi sharifi ayrim sabablarga ko‘ra ochiqlanmagan)  murojaat qilib, 5 avgust kuni “Qayirma” MFY hududida joylashgan savdo do‘konida savdo qilayotganda Q.N. undan 100.000 so‘mlik mato xarid qilgan va evaziga 1 dona 100 AQSH dollari bergan. Bu AQSH dollarini 1.050.000 so‘mga baholab qabul qilib olib, unga qolgan 950.000 so‘m pullarni qaytib bergan va ushbu 1 dona 100 AQSH dollari kupyuraning qalbaki ekanligini xaridor ketgach aniqlagan.

Murojaatchining murojaatini o‘rganish davomida o‘tkazilgan sud kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, 1 dona 100 AQSH dollari kupyuradagi pul poligrafik usulda nusxa ko‘chirib ko‘paytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlanganligi tasdiqlangan hamda mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda va yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 

Endi savol tug‘iladi, nima uchun savdo rastalari milliy valyutada savdoni amalga oshirmaydi? Banklarning ayirboshlash shaxobchalari yoki bankomatlar nima maqsadda har bir viloyat va tumanlarda o‘rnatilgan? 

Ichki ishlar boshqarmalariga murojaat qilayotgan fuqarolarimiz ham shu haqda o‘ylab ko‘rsalar foydadan holi bo‘lmaydi, chunki O‘zbekiston hududida savdo-sotiqni amalga oshirish milliy valyutada yuritilishi belgilangan. Pul mablag‘larini ayirboshlash uchun esa bank filiallari va ularning shaxobchalari bevosita xizmat ko‘rsatadi.

18:03 • 19 August, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish