Top.Mail.Ru

Pullarni talon-taroj qilish Farg‘onada urfmi?

Bosh prokuratura rasmiy xabariga ko‘ra, Departamentning Farg‘ona viloyati So‘x tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.S. masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischiligida tashkil etilgan “S.C.” MCHJ rahbari Yu.M. taʼsischi tomonidan o‘zining moddiy javobgarligiga topshirilgan 231,8 mln so‘mlik tikuv mashinalari va boshqa tovar-moddiy boyliklarni hamda qiymati 136,8 mln so‘mlik “Mercedes Benz Sprinter” rusumli avtotransport vositasini boshqa bir fuqaroga 12 000 AQSH dollariga sotib yuborib, jamiyatning o‘ziga ishonib topshirilgan jami 368,6 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-tаroj qilganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan “I” MCHJ rahbarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, MCHJning sobiq bosh hisobchisi A.I. jamiyat hisob raqamidagi 58,3 mln so‘mni o‘ziga oylik ish haqi sifatida hisoblab, shundan 11,3 mln so‘mini soliq to‘lovlariga yo‘naltirib, qolgan 47 mln so‘mini o‘zining shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur  ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

12:37 • 21 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish