Qarz oluvchilarni o'z ofislariga jalb qilishning eng mashhur usullaridan biri bu reklamalarda kreditning minimal stavkasini ko'rsatishdir.
"Yiliga 3% dan" degan so'z noqonuniy emas, chunki bank to'g'ridan-to'g'ri yo’lgon ishlatayotgani yo’q. Biroq, mijoz aynan unga qanday shartlarda kredit berilishini bilib olish uchun aniq ma’lumot topishi kerak bo'ladi.
Nima uchun reklama taklifi haqiqiy foiz stavkalardan farq qiladi?
Rasmiy nuqtai nazardan, banklar o'zlarining reklamalari bilan mijozlarni chalg'itishi - masalan, ataylab soxta foiz stavkalarini ko'rsatishi mumkin emas. Biroq, banklar bu cheklovlarni chetlab o'tishni juda yaxshi biladilar, aks holda, real foiz stavkalari qo’shimcha tafsilotlarni aniqlashtirmasdan turib shunchaki turli xil dasturlar bo'yicha foiz stavkalarni solishtiradigan qarz oluvchilarni qo'rqitadi.
Aynan shuning uchun banklar bir-biri bilan raqobatlashib stavkalarning "vilkasini" yoki ko'pincha minimal foizni ko'rsatadilar. Lekin qaysi hollarda bunday shartlarda kredit berilishi to'g'risida ma’lumot bo’lmaydi yoki qisqacha va juda kichik harflarda ko'rsatiladi.
Shuni tushunish kerakki, ko'pgina kredit dasturlari uchun banklar mijozning shaxsiy parametrlarini hisobga olgan holda foiz stavkasini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Bu, ayniqsa, arizani ko'rib chiqish "qo'l rejimida" amalga oshiriladigan katta miqdordagi kreditlar olishda yaqqol namoyon bo'ladi. Shunday qilib, har bir mijoz uchun kredit stavkasi individual ravishda belgilanadi va unga ko'plab omillar ta'sir qiladi:
Bank qaysi hollarda “reklama” stavkasida kredit beradi?
Shunday qilib, bank reklamada kredit bo‘yicha yillik 3% va’da qilgan va bu uchun bank jazolanmagan, demak bu reklama ishonchli. Agar shunday bo'lsa, mijoz reklamada ko'rsatilgan foiz stavkasida kredit olishi mumkin. Yagona muammo shundaki, bank bu shartni faqat nominal ravishda - kredit bo'yicha foiz stavkasini boshqa ancha muhimroq to'lovlardan ajratish orqali ko’rsatadi.
Biz tez-tez bunday reklama takliflari haqida yozamiz, shuning uchun bank reklama shartlari bo'yicha kredit ajratishi uchun nimalarni talab qilishi mumkinligini bilamiz. Mijoz uchun bir nechta shartlar bo'lishi mumkin:
Natijada, reklamadagi yillik 3% o'rniga, mijoz ko'proq to'lashi kerak bo'ladi. Demak, kredit uchun umumiy ortiqcha to'lov, hatto reklama shartlarida ham, qo'shimcha aktsiyalarsiz standart stavka bilan bir xil yillik 20-25% bo'lib qolishi mumkin.
Ammo bu hammasi emas - banklar, hatto reklama shartlarida ham, shartnomaga bir nechta "syurprizlar" qo'shishlari mumkin.
Yana qanday hiylalar bo’lishi mumkin?
Xorijiy bank amaliyotida kreditlashda keshbek berish tizimi qo‘llaniladi, ya’ni bir qancha shartlarni qo‘ygan holda bank mijoz tomonidan to‘langan foizlarni muddat oxirida qaytaradi.
Biroq, ushbu aksiyada juda ko'p shartlar bo'lishi mumkin:
Agar mijoz ushbu shartlarning barchasini bajarsa, shartnoma oxirida bank unga to'langan foizlarni qaytarib beradi. Shu bilan birga, agar mijoz bir kunga ham muddatidan o’tib to’lov qilsa, u dasturdan "chiqib ketadi". Qarzni muddatidan oldin to'lashni ta’qiqlash esa bundan ham g'alati ko'rinadi.
Kredit bo'yicha haqiqiy foiz stavkasini qanday aniqlash mumkin?
Har bir bank o'z veb-saytida kreditlar bo'yicha foiz stavkalari haqidagi ma'lumotlarni va kreditning to'liq qiymatini ko'rsatadigan hujjatni joylashtirishi shart. To'liq qiymat mijoz kredit bo'yicha to'laydigan hamma to’lovlarni - minimal va maksimal foizni hisobga olgan holda barcha xarajatlarni ko’rsatib berishi kerak.
Bundan tashqari, bank xodimlari mijozga kreditlar bo'yicha barcha ma'lumotlarni, shu jumladan foiz stavkasini pasaytirish shartlarini taqdim etishlari kerak.
Ammo ariza berishdan oldin foiz stavkasini aniqlashning iloji bo'lmasa ham, ariza tasdiqlangandan keyin har doim aniqlanishi mumkin. Mijoz shartnomani imzolashdan oldin nusxasini olib to’liq tanishib chiqish huquqiga ega. Agar bank qanday stavka belgilaganini tushunishning iloji bo'lmasa, to'lov jadvalidan buni tushunish oson.
Qanday bo'lmasin, kreditlar bo'yicha yana bir jozibali reklamani ko'rganingizda, ariza berishga shoshilmang, chunki aslida siz kredit kattaroq foiz stavkalarida taqdim etilishi mumkin va siz faqat vaqtni yo'qotasiz. Eng avval bank bilan bog'lanib, qaysi mijozlar guruhi va qanday shartlarda "reklama" stavkasi bo'yicha kreditlar berilishini, bunday kredit bo'yicha o'rtacha va maksimal foizlarni aniqlab olish kerak. Bunday holda, siz o'zingizning imkoniyatlaringiz va kredit dasturining afzalliklarini taxminiy baholashingiz mumkin bo'ladi.