Top.Mail.Ru

“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

Moliya vazirligi xabar berishicha, 10 ta bob va 58 ta moddadan iborat “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi vazirlik tomonidan ishlab chiqilib, 2021-yilning 12-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi.

“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

Mazkur qonun loyihasini tayyorlashda Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki va AQSH G‘aznachiligining 13 nafar ekspertlari ishtirok etdi hamda loyiha yuzasidan 9 ta vazirlik va idoraning ekspertiza xulosalari olindi, deyiladi xabarda. Qonunda davlat qarzini boshqarishning asosiy qoidalari va davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan eng yuqori miqdori belgilangan. Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari, hamda davlat qarzi to‘g‘risidagi maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash, jumladan OAVda yoritib borish va rasmiy veb-saytlarda chop etish bo‘yicha qoidalar aniq belgilab berilgan.

Shuningdek, qonun loyihasida davlat kafolatini berish tizimi takomillashtirish qoidalari va davlat qarzi bo‘yicha xatarlarni boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui belgilangan. Xususan, loyiha maqsadi - davlat qarzini boshqarish jarayoni fragmentatsiyalashuvining oldi olish, davlat qarzini barqaror darajada saqlab turishdan iborat. Bu esa, xorijiy kreditor va investorlarning mamlakatning qarzlarni to‘lay olish salohiyatiga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda O‘zbekistonga kredit olishning qulay shartlarini ta‘minlashi kerak.

16:19 • 15 November, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish