Investitsiya dunyosi hozirgi kunda deyarli har bir kishi uchun ochiq. Moliyaviy va axborot texnologiyalarini rivojlanishi operatsiyalarning smartfondan onlayn rejimida amalga oshirilishiga olib keldi.
Investitsiya dunyosi hozirgi kunda deyarli har bir kishi uchun ochiq. Moliyaviy va axborot texnologiyalarini rivojlanishi operatsiyalarning smartfondan onlayn rejimida amalga oshirilishiga olib keldi. Aksiyalarni yoki boshqa qimmatli qog'ozlarni sotib olish yoki sotish uchun buyurtma berish maqsadida brokerga soatlab qo'ng'iroq qilish esa allaqachon o'tmishda qoldi. Smartfonda birgina tugmani bosish orqali valyuta, aksiyalar yoki kriptolarni sotib olishingiz mumkin. Biz aynan mana shu turdagi investitsiyalarni ko’rib chiqamiz. Ularga albatta muqobil varinatlar ham mavjud, bular oltin va ko'chmas mulk hisoblanadi.
Oltin tanga istisnosiz barcha yetakchi iqtisodiyotlarning xalqaro zaxiralari tarkibiga kiradi. Biroq, ko'chmas mulk va oltinining likvidligi ancha past, ularni birgina tugmani bosish bilan sotib olish yoki sotish mumkin emas. Bundan tashqari, oltinni bankda, xavfsiz xonada saqlash kerak. Va bu har qanday investitsiya kompaniyasining aksiyalari va obligatsiyalarini saqlash uchun depozitariy xarajatlardan sezilarli darajada yuqori bo'lgan qo'shimcha xarajatlardir.
Keling, aksiyalardan boshlaylik. Iqtisodiy nazariyaga asosan investitsiyalarning bu turi an'anaviy ravishda eng xavfli hisoblanadi. Biroq, bu nima ekanligini aniqlash yaxshiroqdir. Dunyodagi ko'k fishkalarning deyarli barchasi dividend to'laydi. Hatto o'zaro fondlar ham bor, ularni ba'zida investitsiya fondlari deb atashadi, ular bu turdagi aktivlarni boshqaradi. Odatda bu an'anaviy iqtisodiyot - qora va rangli metallurgiya, telekommunikatsiya, neft va gaz, elektr energetikasi kompaniyalarining aksiyalari. Ya'ni, hozirgi vaziyatda aksiyalar, albatta, obligatsiyalardan ustun turadi. Jahon fond bozoridagi eng yaxshi dividend hikoyalari Turkiya va Braziliya kompaniyalari hisoblanadi.
Pandemiya va cheklovlar, shuningdek, vaksinalarning samaradorligi ko'plab savollarni tug'diradi. Biroq, umumiy fikr shuki, emlash pandemiyani tugatadi, cheklovlarni olib tashlaydi va resessiyani uzoq o'tmishga qo'yadi. Resessiyani yakunlanishi bu korporativ daromadlarning va albatta qimmatli qog'ozlar kotirovkalari o'sishidir. Shu bilan birga, G7 mamlakatlarining o'rta tabaqasi jamg'armalarning asosiy qismini aksiyalarda saqlayotganini yaxshi tushunish kerak. Iste'molchilarning ishonchi va shunga mos ravishda iqtisodiy o'sish sur'atlari aksiyalar narxiga bog'liq. Bundan tashqari, saylovchilarning kayfiyati ham muhim ahamiyatga ega. Yetakchi mamlakat hukumatlari va markaziy banklari hech qachon qimmatli qog'ozlar indekslarini nolga tushishiga va qimmatli qog'ozlar inqiroziga yo'l qo'ymaydi. Bunday holda, ular iste'foga chiqadi va iqtisodiyot chuqur resessiyada bo'ladi. Bizning fikrimiz bo'yicha investitsiya portfelidagi aksiyalarning ulushi qariyb 70 foizni tashkil etishi kerak.
Dunyoda faqat bitta zaxira valyutasi - AQSh dollari bor. Yevro dollarga raqobatchi sifatida o'ylangan bo’lsa-da, ammo u hech qachon bunday bo'lmagan. Xorijiy valyutaga sarmoya kiritish - jamg'armalaringizning eng konservativ qismi deb ko’rishingiz kerak. Hayotda kutilmagan vaziyatlar bo'lishi mumkin va har doim naqd pul kerak bo'ladi. Hammasi bo'lib, portfelning 20 foizi naqd pulga rejalashtirilishi kerak: 10% - AQSh dollari, 10% - evro, yena, Kanada dollari va boshqalar. Qolgan 10% - bu so'nggi yillardagi eng zamonaviy, xavfli, o'zgaruvchan va yuqori daromadli mavzu-kripto. Bu yerda yaxshi pul topishingiz mumkin, lekin yo'qotishingiz ham. Kun davomida yangiliklarni kuzatib borishingiz kerak bo'lgan hayajon maydonidir. Dunyoning yetakchi Markaziy banklari yumshoq pul siyosatini amalga oshirayotgan bo'lsa-da, kriptolarning qiymatini o’sish tendensiyasi davom etadi. Bu shuni anglatadiki, bu investitsiyalar foydasiga ularga qarshi bo'lgan dalillardan ko'ra ko'proq dalillar mavjud.
Investitsiya portfelining tuzilishi:
70% - aksiyalar
10% - kriptovalyuta
10% - AQSh dollari
10% - evro, yen, Kanada dollari va boshqalar.
Aziz AbdusalomovAlpari Xalqaro moliya brendi eksperti