Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilishi tartibini soddalashtirish bo’yicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror qabul qilinishidan asosiy maqsad fuqarolarga ipoteka krediti va subsidiya ajratish jarayonidagi byurokratiyani keskin qisqartirish hamda ushbu jarayonlarni raqamlashtirishdan iborat.
Qarorga ko’ra 2022 yil 1 dekabrdan boshlab:
2022 yil 1 noyabrga qadar “Labor - migration” dasturi va Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi portali subsidiya.idm.uz dasturiy ta'minotiga integratsiya qilinadi.
Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar' yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi. Endilikda, subsidiya olish uchun bir yilda ikki martadan ortiq ariza berishga ruxsat beriladi.
2022 yil 1 noyabrga qadar 2020-2022 yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha to‘lanmay qolgan subsidiyalarni to‘liq to‘lash choralari ko‘riladi.
2021 yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi.
Ipoteka krediti bo'yicha qo'shimcha imtiyozlar berilishi haqida oldingi maqolalarimizda yozgan edik.