Top.Mail.Ru

Ipoteka krediti bo'yicha qo'shimcha imtiyozlar beriladi

Prezident 22-sentabr kuni “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Ipoteka krediti bo'yicha qo'shimcha imtiyozlar beriladi

Qarorda ipoteka kreditlari bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash shartlarini takomillashtirish ko’zda tutilgan. 

2023-yil 1-yanvardan boshlab dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning uy-joylarni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi.

Ushbu imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan – 73,6 mln. so’mdan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori 920 000 so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, 2023 yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz olti oy ichida begonalashtirilganda, yuqorida qayd etilgan daromadlar belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

Bundan tashqari, 2022 yil 1 noyabrdan boshlab, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat beriladi.

2021-yilda ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha maqsadli parametrlar doirasida taqdim etilgan subsidiyalar ajratilishi to‘g‘risidagi bildirishnomalarning amal qilish muddati 2022-yil 31-dekabrga qadar yangi tartibga muvofiq uzaytirildi. Ya'ni, 1 yilga beriladigan subsidiyani ajratish to'g'risidagi qaror 31 dekabrgacha amal qiladi.

14:04 • 23 September, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish