Top.Mail.Ru

Ta'lim kreditini rasmiylashtirish tartibi

To’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar hali ham kontrakt to’lovini amalga oshirmagan bo’lsalar, ta’lim krediti orqali buni amalga oshirishlari mumkin.

Ta'lim kreditini rasmiylashtirish tartibi

Ta’lim kreditini ikki usul bilan rasmiylashtirish mumkin:

  • Bankka murojaat qilgan holda
  • Onlayn talim-krediti.uz sayti orqali 

Ta’lim kreditini olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

1. Kredit olish uchun ariza. Ariza bankning o’zida to’ldiriladi. 

2. Talaba va ta’lim muassasasi o’rtasidagi to’lov shartnomasi. Ushbu hujjat ta’lim muassasasidan olinadi va unda bir yillik to’lov miqdori ko’rsatilgan bo’lishi zarur.

3. Qarz oluvchining pasporti.

4. Agar kredit ta’minoti uchun uchinchi shaxs kafilligi tanlangan bo’lsa, kafilning pasporti.

Sayt orqali onlayn ariza yuborilgan hollarda pasport ma’lumotlari, tug’ilgan sana, FISh, manzil va kredit ma’lumotlari kiritilishi talab etiladi.

Ta’lim kredit olish uchun talaba ta’lim krediti beruvchi istalgan bankka murojaat qilishi mumkin.

Ta’lim krediti bo’yicha ta’minot har bir bankning ichki siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ta’minot sifatida uchinchi shaxs kafilligi, sug’urta polisi va mol-mulk garovi qabul qilinishi mumkin.

Ta'lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar ta'lim tashkilotlariga tijorat banklari tomonidan ta'lim krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda o‘quv yili mobaynida o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda, teng ulushlarda 4 qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Ta'lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Bunda, ta'lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to‘lash ta'lim tashkilotiga mablag‘lar o‘tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa kredit oluvchi tomonidan ta'lim tashkilotida ta'limning ushbu turi bo‘yicha o‘qishning rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng 7 oydan boshlab amalga oshiriladi.

Eslatib o’tamiz, ta’lim kreditlari bu yildan boshlab tijorat banklari tomonidan bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan yoki tavsiya etilgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan talabalarga berilishi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarori va “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o’zgartirishlar kiritish orqali belgilab berildi.

Ta'lim kreditlari bo'yicha batafsil ma'lumot Ta'lim krediti sahifasida keltirilgan.

16:17 • 27 September, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish