Ta’lim kreditlari bu yildan boshlab bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to’lov-kontrakt asosida o'qish uchun beriladi.
Ta’lim kreditlari bu yildan boshlab tijorat banklari tomonidan bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan yoki tavsiya etilgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan talabalarga berilishi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarori va “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o’zgartirishlar kiritish orqali belgilab berildi.
Shuningdek, kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra endilikda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiq bo’lgan barcha oliy, o’rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o’qish uchun ta’lim kreditlari ajratiladi. Ya’ni endilikda davlat, nodavlat oliy, o’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, O’zbekistondagi xorijiy oliy, o’rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida o’qish uchun ham ta’lim kreditidan foydalanish mumkin.
Ta’lim krediti quyidagi shartlarda ajratiladi:
Muhim jihat! Ta’lim krediti foiz stavkasi Nizomga ko’ra Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasida ajratilishi belgilangan. Bugungi kunda asosiy stavka 15%ni tashkil etadi. Lekin, 2022 yil yakunigacha ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan 14% dan ajratilishi Prezident Qarori bilan belgilab qo’yilgan. Shuningdek, agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, krediti foizi ham pasayadi, aks holatda o’zgarishsiz qoladi.
Yuqorida ko’rsatilgan shartlarda ta’lim kreditini quyidagi banklar tomonidan ajratiladi:
Bundan tashqari, quyidagi banklardan tijorat shartlari asosida quyidagi banklardan ta’lim kreditlarini rasmiylashtirish mumkin:
Bank nomi | Foiz stavkasi | Muddati | Maksimal summa | Imtiyozli davr |
Aloqabank | 24% | 2 yil | 50 mln. so’m | - |
Garantbank | 22% | 2 yil | Kontrakt summasi miqdorida | - |
24% | 3 yil | |||
26% | 4 yil | |||
Ipak Yo’li bank | 26.9% | 3 yil | 30 mln. so’m | - |
Mikrokreditbank | 25% | 3 yil | Kontrakt summasi miqdorida | - |
Orient Finans bank | 26% | 4 yil | 250 mln. so’m | - |
O’zmilliybank | 20% | 3 yil | Kontrakt summasi miqdorida | 12 oy |
22% | 5 yil |
Ta’lim kreditlarining batafsil shartlari bilan Ta’lim kreditlari sahifasida tanishishingiz mumkin.