Top.Mail.Ru

Ta'lim kreditidan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari

Abituriyentlarning faqatgina kichik qismi universitetlarning byudjet joylariga kirishga muvaffaq bo'ladi. Qolganlari esa pullik ta'lim olishga majbur.

Ta'lim kreditidan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari

Ba'zilar esa pullik o’qishning afzalliklarini bilganlari uchun ham ataylab tijorat ta’lim muassasalariga kiradi. Ammo o'qish uchun pulni qayerdan olish mumkin? Buning uchun turli xil imkoniyatlar mavjud va ulardan biri ta'lim kreditidir. Bu usulning ijobiy va salbiy tomonlari nima ekanligini batafsilroq bilib olamiz.

Ta'lim kreditining xususiyatlari

2021-yildan boshlab O‘zbekistonda maqsadli ta’lim kreditlari bo‘yicha yangi qoidalar joriy etildi. Endi talaba Markaziy bankning bazaviy stavkasi (14%) bo‘yicha bankdan kerakli miqdorni olishi mumkin, ya’ni ustama to‘lov ancha kam bo‘ladi. Qolgan xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.

Keling, misol keltiraylik. N universitetida bir o‘quv yili 10 million so‘m turadi. Demak, bir yil uchun ortiqcha to‘lov atigi 1,4 million so‘mni, ya’ni 100 ning 14 foizini tashkil etadi. To‘rt yil o‘qisangiz, o‘qishning umumiy qiymati 40 million so‘mni, ustama esa 5,6 million so'mni tashkil qiladi (yiliga 1,4 million × 4 yil).

Ammo bu talabalar uchun ta'lim kreditining yagona afzalligi emas. Uning asosiy farqi uzoq muddatli imtiyozli davrdir. Oddiy qilib aytganda, talaba universitetda o'qiyotganda faqat foiz to'lashi mumkin, ya'ni juda kichik miqdorda to’lov qilib boradi. Universitetni tugatib, muvaffaqiyatli ishga joylashgandan so'ng kreditni to'liq to'lashi mumkin. O'qishni tugatgandan so'ng yana olti oy beriladi: bu muddat ham imtiyozli davrga kiritilgan. Odatda bu vaqt yosh mutaxassisga ish topishi uchun yetarli.

Ushbu kreditning yana bir xususiyati shundaki, u daromadlar to'g'risidagi ma'lumotni talab qilmaydi. Ya'ni, talaba daromadlar to'g'risida ma’lumotnoma taqdim etmaydi, rasmiy daromadga ega shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, bank hatto garovni ham talab qilmaydi, kafillik yoki sug'urta polisi yetarli. Va nihoyat, ta'lim uchun kreditni muddatidan oldin ham to'lash mumkin: bu jarimaga olib kelmaydi.

Talaba ta'lim kreditini olishi mumkinmi?

Keling, ushbu turdagi kreditlashning yana bir afzalligi haqida alohida gapiraylik. Kreditni talabaning ota-onasi emas, balki talabaning o'zi olishi mumkin. Ota-onalarga bunday qarzning berilishi rad etiladi.

Qanday qilib kredit olish mumkin

Kredit olish uchun hujjatlar ro'yxati quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • kredit olish uchun ariza;
  • universitet bilan tuzilgan ta’lim to‘g‘risidagi shartnoma;
  • pul mablag'larini bank o'tkazishi uchun ta'lim muassasasi hisobvarag'i;

Arizani va hujjatlarni topshirgandan so'ng, bank arizani ko'rib chiqadi - odatda bu uch ish kunidan oshmaydi. Ariza tasdiqlangach, u birinchi semestr uchun summani universitet hisobiga o‘tkazadi. Siz kreditni to'lash jadvalini bank xodimi bilan alohida kelishib olasiz.

Ta'lim kreditini olishning ijobiy va salbiy tomonlari

So'nggi yillarda kreditlashning bu turi juda mashhur bo'lganining sababi bor. Bu moliyaviy jihatdan yo'qotishlarsiz sizning orzuingizdagi universitetga kirish uchun haqiqiy imkoniyatdir. Mana uning asosiy afzalliklari:

  1. Kreditning qulay shartlari. 14% stavka juda kichik ustama to'lovdir. Bundan tashqari, o'qish paytida imtiyozli davr mavjud. O'qishni tugatgandan so'ng to'lov muddati - 7 yil. Biroq, kredit odatda muddatidan oldin to'lanadi.
  2. Kreditlar turli ta’lim maqsadlarida beriladi. Kredit orqali nafaqat universitetda kunduzgi ta'lim, balki sirtqi va kechki ta'lim yoki magistratura uchun ham to'lash mumkin.
  3. Hatto talaba ham kredit olishi mumkin: garov yoki daromad to’g’risida ma’lumotga zarurat yo’q. Moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, deyarli har qanday iste'molchi bu kreditdan foydalanishi mumkin. Iste'mol kreditlaridan farqli o'laroq, kreditni rad etish ehtimoli juda past.
  4. Ariza beruvchi ta'lim muassasasini tanlashida cheklov yo’q. Banklar mamlakatda joylashgan barcha akkreditatsiyadan o'tgan universitetlar bilan hamkorlik qiladi.
  5. Kreditni to‘lash qulay: mobil ilova orqali bank filialiga kelmasdan hammasini amalga oshirish mumkin.
  6. O'qish uchun pul to'lash zarurati ta'limga mas'uliyatli munosabatni uyg'otadi. Bunday talabalar  mehnatkashroq bo’ladi, darslarni kamroq qoldiradi va mashg'ulotlar davomida ko'proq harakat qiladi.

Endi ta'lim kreditining kamchiliklari haqida aytib o’tamiz:

  1. Bunday kreditni kam sonli banklar taqdim etadi. Aniqrog‘i, hozirda imtiyozli ta’lim krediti faqatgina 4 ta bankda mavjud, qolgan banklar esa kredit berishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan.
  2. Ortiqcha to'lovlar kam. Garchi ortiqcha to'lov unchalik katta bo'lmasa-da, ba'zilarga bu ham yoqmaydi.
  3. Bankning talablariga rioya qilish kerak. Kredit eng yumshoq shartlarda bo'lsa ham, har doim majburiyatdir va bu majburiyatlarni bajarmaslik jazoga olib keladi.

Ta’lim krediti sahifasida barcha joriy ta’lim kreditlari shartlari bilan tanishish mumkin.

17:33 • 13 February, 2024

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish