Top.Mail.Ru

Ta'lim kreditlari bo'yicha banklarning barcha takliflari

Universitetlarda o'qish uchun kontraktning ikkinchi yarmini to'lash muddati yaqinlashar ekan, ta'lim kreditlari qaysi banklar tomonidan ajratilishi bo’yicha ma’lumotga talab ortib boradi.

Ta'lim kreditlari bo'yicha banklarning barcha takliflari

Imtiyozli ta’lim kreditlari quyidagi banklar tomonidan ajratilishi belgilangan:

  • Agrobank;
  • Aloqabank;
  • Asakabank;
  • Hamkorbank;
  • Ipoteka-bank;
  • Mikrokreditbank;
  • Orient Finans bank;
  • Turonbank;
  • Xalq banki;
  • O’zsanoatqurilishbank;
  • O’zmilliybank;
  • Qishloq Qurilish bank.

 

Biroq bugungi kunda faqatgina bir nechta banklar ushbu kreditlarni ajratmoqda:

  • Aloqabank;
  • Mikrokreditbank;
  • Orient Finans bank;
  • Turonbank.

 

Imtiyozli ta’lim krediti quyidagi shartlarda ajratiladi:

  1. Maksimal miqdori – to’lov-kontrakti summasi miqdorida;
  2. Foiz stavkasi – Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasi miqdorida;
  3. Muddati – talabaning rasmiy o’qish davri, 6 oy imtiyozli davr va yana 7 yil;
  4. Kredit ta’minoti – bank ichki siyosatidan kelib chiqqan holda uchinchi shaxs kafilligi, sug’urta polisi yoki mol-mulk garovi.

Bundan tashqari, quyidagi banklardan tijorat shartlari asosida quyidagi banklardan ta’lim kreditlarini rasmiylashtirish mumkin:

Bank nomiFoiz stavkasiMuddati Maksimal summaImtiyozli davr
Asia Alliance bank26%3 yil102 mln. so’m-
Invest Finance bank26.99%3 yilKontrakt summasi miqdorida-
Ipak Yo’li bank26.9%3 yil30 mln. so’m-
Orient Finans bank26%4 yil250 mln. so’m-
O’zmilliybank20%3 yilKontrakt summasi miqdorida12 oy
22%5 yil

Ta’lim krediti sahifasida barcha joriy ta’lim kreditlari shartlari bilan tanishish mumkin.

16:33 • 12 February, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish