O‘zbekistonda 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab oliy o‘quv yurti yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga to‘lov asosida o‘qishga kirgan qizlar va ayollar foizsiz kredit olishi mumkin bo‘lgan tizim joriy etilgan.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 18-iyuldagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ta’lim muassasalarida o‘qish istagida bo‘lgan xotin-qizlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli ravishda oshirishni qo‘llab-quvvatlashga yo’naltirilgan.
Kredit kimlarga beriladi?
Qaysi ta’lim shakliga beriladi?
Ta’lim krediti quyidagilarga berilmaydi:
Qonunga ko’ra, ta’lim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar to‘lamaydi, davlat to‘lab beradi, aniqrog‘i Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat ta’lim kreditining asosiy qismini to‘laydi xolos. U bo’yicha ham imtiyozlar ko’zda tutilgan, ya’ni ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi.
Kredit olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ta’lim muassasasi bilan to‘lov-kontrakt shartnomasi, talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Shuningdek, kredit olishda yosh chegarasi yo‘q – barcha yoshdagi qizlar va ayollar kredit olishlari mumkin.
Bundan tashqari, imtiyozli ta'lim krediti quyidagi afzalliklarga ega:
Kredit ta'lim muassasasida o'qish uchun yillik to‘lov-kontrakt summasi miqdorida berilishini bilish muhimdir.
Qizlar va ayollar uchun magistraturada oʻqish mutlaqo bepul, xarajatlari toʻliq davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Ammo bu imtiyoz faqat davlat universitetlariga tegishli. Xususiy universitetlarda magistraturada o‘qish uchun xuddi shu imtiyozli shartlarda ta’lim kreditidan ham foydalanish mumkin.
Ta’lim krediti sahifasida barcha joriy ta’lim kreditlari shartlari bilan tanishish mumkin.