Top.Mail.Ru

Ta'lim krediti: xulosa va tavsiyalar

Ta'lim kreditlari bo'yicha xulosalar qilamiz.

Ta'lim krediti: xulosa va tavsiyalar

O‘zbekistonda ta’lim kreditlarini ikki guruhga ajratish mumkin:

1. Imtiyozli ta’lim kreditlari.

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagi shartlarda beriladi:

  • Maksimal miqdori – to’lov-kontrakti summasi miqdorida;
  • Foiz stavkasi – Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasi miqdorida;
  • Muddati – talabaning rasmiy o’qish davri, 6 oy imtiyozli davr va yana 7 yil;
  • Kredit ta’minoti – bank ichki siyosatidan kelib chiqqan holda uchinchi shaxs kafilligi, sug’urta polisi yoki mol-mulk garovi.

 

2. Banklarning tijorat shartlari asosida ta'lim kreditlari.

Bunday kreditlar banklar tomonidan nafaqat yuqoridagi maqsadlar uchun, balki oshirilgan stavkalar bo‘yicha o‘qitish (super kontrakt) va o‘quv kurslari, seminarlar, treninglar va hokazolarni to‘lash uchun ham beriladi. Uning shartlari banklarning talablariga ko’ra farq qiladi.

Bugungi kunda 4 ta bank imtiyozli va 5 ta bank tijorat shartlari asosIda ta’lim kreditlarini ajratmoqda.

Ta'lim kreditini olishning ijobiy tomonlari:

  • Kreditning qulay shartlari: past foiz stavkasi, uzoq imtiyozli davr va to'lov muddati.
  • Kredit orqali kunduzgi ta'lim, sirtqi va kechki ta'lim yoki magistratura uchun ham to'lash mumkin.
  • Moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, deyarli har qanday iste'molchi bu kreditdan foydalanishi mumkin, chunki kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta'lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
  • Iste'mol kreditlaridan farqli o'laroq, kreditni rad etish ehtimoli juda past.
  • Ariza beruvchi ta'lim muassasasini tanlashida cheklov yo’q. Banklar mamlakatda joylashgan barcha akkreditatsiyadan o'tgan universitetlar bilan hamkorlik qiladi.

 

Xotin-qizlar uchun ta’lim kreditlari bo’yicha alohida tizim joriy etilgan. Unga ko’ra, ta’lim krediti foizsiz ajratiladi.

Umuman olganda, ta’lim kreditlari zamonaviy, qulay va foydali moliyaviy vosita bo‘lib, ko‘plab yoshlar uchun oliy ta’lim olish imkoniyatini yaratib beradi.

Ta’lim krediti sahifasida barcha joriy ta’lim kreditlari shartlari bilan tanishish mumkin.

16:58 • 19 February, 2024

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish