Top.Mail.Ru

Pul va biznes haqida eng yaxshi motivatsion filmlar

Depozit.uz siz uchun qaror qabul qilish va o'z biznesingizni yaratishga motivatsiya beradigan pul va biznes haqidagi eng yaxshi filmlarni to'pladi.

Pul va biznes haqida eng yaxshi motivatsion filmlar

Depozit.uz siz uchun qaror qabul qilish va o'z biznesingizni yaratishga motivatsiya beradigan pul va biznes haqidagi eng yaxshi filmlarni to'pladi.

Psixologik nuqtai nazardan, kino tomosha qilish insonning dunyoqarashiga katta ta'sir qiladi. Tadqiqotlar natijasida ma'lum bo'ldiki, filmlar nafaqat insonning psixologik holatiga, balki unda yuzaga keladigan barcha psixologik reaktsiyalarga ham ta'sir qiladi. Bundan tashqari, psixologlarning fikriga ko'ra, filmlar kuchli xatti-harakatlarga olib kelishi va hatto qaror qabul qilishga ham undashi mumkin.

Shunday filmlar mavjudki, ular pulni, moliyani to’g’ri boshqarishni o’rgatadi va foydali biznes maslahatlarni beradi. Ulardan ba'zilari quyidagilar:

  1. Stiv Jobsning jozibali imperiyasi. Film kompyuter texnologiyalarining buyuk ixtirochisi, dunyoga mashhur Apple kompaniyasi asoschilaridan biri Stiv Jobsning hayoti haqida hikoya qiladi. Film syujetida asosiy e'tibor Jobsning giyohvandlikka rujuqo’ygan boladan dunyodagi eng yirik kompaniyalarningasoschisiga aylanishi qaratilgan. 
  2. Asoschi. Ushbu film real voqealarga asoslangan bo'lib, dunyodagi eng mashhur tez ovqatlanish restoranlar tarmog'i – afsonaviy McDonald's qanday yaratilgani haqidagi aql bovar qilmaydigan voqeani hikoya qiladi. Muvaffaqiyatsiz sotuvchidan milliarder va afsonaga aylangan Rey Krokning yorqin va sirli hikoyasi yoritilgan.
  3. Baxtga intilish. Uill Smit ishtirokidagi afsonaviy film yaxshi motivatsiyaga ega va ishlashga ilhomlantiradi. Syujet oddiy odam Kris o'z baxtiga erishish yo'lida qanday kurashganini ko'rsatadi.
18:04 • 21 February, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish