Top.Mail.Ru

Mashaqqat ortida, albatta, yengillik bordir

Xabaringiz bor, 2021 yilning 1-4 sentyabr kunlari Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashi guruhining 46-yillik anjumani tashkil etildi.

Mashaqqat ortida, albatta, yengillik bordir

Xabaringiz bor, 2021 yilning 1-4 sentyabr kunlari Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashi guruhining 46-yillik anjumani tashkil etildi. Unda ITB guruhiga kiruvchi 57 mamlakatdan vazirlar va rasmiylar, shuningdek, 2000 dan ortiq yirik biznes vakillari hamda soha ekspertlari va tijorat banklari raislari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan anjuman doirasida nutq so‘zlagan davlat rahbari bugun, insoniyat katta sinovlarni boshidan kechirayotgan bir vaqtda, davlatlarimiz koronavirus pandemiyasining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini yengib o‘tish bo‘yicha taʼsirchan choralar ko‘rish zarurligini hayotning o‘zi taqozo etayotganini taʼkidladi.

Asosiy tadbirlardan tashqari, iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, sog‘liqni saqlash, taʼlim, islom moliyasi mavzularida qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazildi.

Anjumanning so‘nggi kuni, yaʼni 4 sentyabrda Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish uchun murabaha tamoyillari asosida Kapitalbank, Turonbank, Infinbank, Oriyent Finans bank va Trastbanklarga 10 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratish to‘g‘risida Bitim imzolandi.

Ajratilgan mablag‘lar sog‘liqni saqlash, farmatsevtika sohasi va oziq-ovqat sanoati kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish, qolaversa banklarning anʼanaviy bank xizmatlaridan foydalanmaydigan hozirgi va potensial mijozlariga o‘z bizneslarini yaratish, ularni rivojlantirish imkoniyatlarini beradi hamda islom moliyasi tamoyillari asosidagi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadi.

R.S: Bugungi kunga qadar Bank tomonidan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, taʼlim, qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi taʼminoti, yo‘l infratuzilmasi hamda qishloq joylarda arzon uy-joylarni qurish uchun jami 2,5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 30 ta yirik investitsiya loyihalari maʼqullangan.

14:52 • 06 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish