Respublikamizda Oliy taʼlim muassasalariga topshirilgan imtihon natijalari eʼlon qilinib, ko‘plab yoshlarimiz abituriyent degan maqomdan talaba maqomiga ham erishdilar.
Respublikamizda Oliy taʼlim muassasalariga topshirilgan imtihon natijalari eʼlon qilinib, ko‘plab yoshlarimiz abituriyent degan maqomdan talaba maqomiga ham erishdilar. Albatta, bu quvonchli bo‘lgan holat. Biroq, mana shu talaba maqomiga erishgan talabalarning ko‘pchilik qismi ota-onam kontrakt pulini to‘lay olishmaydi va shu sababli kontraktda o‘qimayman, endi chet elga ish izlab ketaman, - degan qarorlarni shoshib qabul qilishadi.
Lekin, shuni taʼkidlash joizki, bugun mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yana-da oshirish davlat rahbari nazoratida, shu sababli talabalarimiz hujjatlarini tezda qaytarib olishga shoshilmasliklari lozim.
Chunki, davlat rahbari tomonidan imzolangan tegishli Farmonga ko‘ra, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida taʼlim olayotgan farzandlariga 2021/2022 o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi qoplab beriladi.
Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikadagi oliy taʼlim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi (14 foiz) miqdorida va o‘qish muddati tugagandan keyin yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida taʼlim kreditlari ajratiladi.
Xususan, taʼlim krediti foizi o‘zgaruvchan, yaʼni Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta‘lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgartirishsiz qoladi.
R.S: Kredit rasmiylashtirishda har bir tijorat banki tasdiqlangan ichki tartib-qoidalari asosida ayrim turdagi boshqa tegishli hujjatlarni talab qilishi mumkin.