Top.Mail.Ru

Kimga ziyon, kimga foyda: nima sababdan bankomatlarda kurs o‘zgarmaydi?

O‘zbekistonda dollar kursi kun-sayin oshib, o‘zbek so‘mining qadrsizlanishi avj pallasiga chiqmoqda. Bugun barcha tijorat banklarida 1 AQSh dollari sotuv kursi 10,750.00 so‘mgacha ko‘tarildi.

Kimga ziyon, kimga foyda: nima sababdan bankomatlarda kurs o‘zgarmaydi?

O‘zbekistonda dollar kursi kun-sayin oshib, o‘zbek so‘mining qadrsizlanishi avj pallasiga chiqmoqda. Bugun barcha tijorat banklarida 1 AQSh dollari sotuv kursi 10,750.00 so‘mgacha ko‘tarildi.

Bu esa tijorat banklarida turlicha, eng yuqori kurs taklifi (10,690.00 so‘m) O‘zmilliybank, Mikrokreditbank, Aloqabank, Kapitalbank, Asia Alliance bank, Sanoatqurilishbank, Asaka bank va Universalbanklar tomonidan e’lon qilingan.

Oxirgi 5 yil davomida O‘zbekistonda valyuta bozori keskin tanqid qilinib, chet el valyutasining noqonuniy aylanmasini amalga oshiruvchi “qora bozor”ni yo‘qotish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilayotgan bo‘lishiga qaramasdan, hali hanuz “Chorsu”, “Oloy bozori”, “Yunusobod” va boshqa bozorlarimizda ular o‘z faoliyatini davom ettirayotgani hech birimizga sir emas. Aholi mazkur bozorlardan kunning istalgan vaqtida cheklanmagan miqdorda xorijiy valyutani ayirboshlash imkoniyatiga ega.

Savol tug‘iladi, bunday “qora bozor”larimizning hanuzgacha faoliyat ko‘rsatishidan kim manfaatdor? Respublika Markaziy bankimi yoki tijorat banklari rahbarlarimi?

Bu kabi savollarning chek-chegarasi yo‘q, sababi bugungi kunda xorijiy valyutalar kursi kun-sayin o‘sish kuzatilayotgan vaqtda bankomatlardagi sotib olish kursi hanuz 10,400.00 so‘mni tashkil qilmoqda. Ayirboshlash shaxobchasi va bankomat kursi orasida farq katta bo‘lgach, o‘z-o‘zidan aholi o‘z mablag‘ini “qora bozor”da ayirboshlashga urinadi. Bu degani, davlat g‘aznasiga kelib tushishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yana "tadbirkor"larimiz qo‘lida aylanadi.

Yana bir muammo borki, tijorat banklarining ayirboshlash shaxobchalari faoliyati soat 16.00 gacha, shanba-yakshanba kunlari faqatgina ayrim tijorat banklari ayirboshlash shaxobchalari faoliyat yuritadi. Demak, shanba-yakshanba kunlari aholi o‘z-o‘zidan “qora bozor”ga yo‘l olishi tabiiy.

Aholi o‘rtasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan bu masala nahotki mas’ul rahbarlarimizni qiziqtirmasa yoki bu masala davlat rahbari darajasigacha ko‘tarilishi lozimmi?

Bilamizki, hatto MDH davlatlarida ham kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi ayirboshlash shaxobchalari mavjud, biroq O‘zbekiston bank tizimida bu holatlar kuzatilmaydi. Faqatgina mehmonxonalarda chet ellik mehmonlar uchungina ayirboshlash shaxobchalari kun-u tun faoliyat yuritadi. Tijorat banklari bankomatlarni ma'lum summaga sotib olishini tushunamiz, xarajatlarini chiqarishi darkor. Biroq, har qanday harajat ham qoplanishi ma’lum.

Bu tafovutlarga qachon barham beriladi?

Darhaqiqat, bu kabi savol har bir fuqaroda tug‘ilishi tabiiy. Shu sababli depozit.uz sayti muxbirlari mijoz sifatida quyidagi tijorat banklari bilan bog‘lanib, ko‘ngildagidek javob ola olmadi.

Bankomat va ayirboshlash shaxobchalaridagi kurs farqi shu darajada yuqori ekanligi bo‘yicha Tengebankning 1245 raqamli xizmatiga murojaat qildik. Bank mutaxassisi bu savolga juda ko‘p vaqt o‘ylanib, tayinli javob ham topa olmadi (aloqada qolish naqd 6.34 daqiqa davom etdi) so‘ng bankomatlar orqali xorijiy valyuta sotib olish kursi 10,500.00 so‘mni tashkil qilishini ma’lum qildi.

Savdogarbank aloqa xizmati markazi bankomatlardagi kursni 10, 695.00 so‘m deya ta’rif berdi, biroq bank telegram kanalida bankomat orqali ayirboshlash kursi 10,500.00 so‘m miqdorini aks ettirdi.

Sanoatqurilishbankka qilgan telefon qo‘ng‘irog‘imiz ham besamar ketdi, “Sizning navbatingiz o‘ttiz beshinchi” degan darakdan so‘ng xafsalamiz pir bo‘ldi.

Asia Alliance bank aloqa markazi +998 71 231-60-00 ga bog‘lanib, ushbu savol bilan murojaat qilganimizda, kontakt markazi direktori Ulug‘bek Ulug‘murodov quyidagi izohni bildirdi:

- Bankomat xarajatlarini qoplash maqsadida bank va bankomatlar kursi orasida farq bo'ladi. Chunki bankomat orqali shikastlangan kupyuralar ham qabul qilinadi, bunda albatta bankomat orqali foiz olib qolish imkoniyati mavjud emas. Aslida, shikastlangan kupyuralar uchun ayirboshlash shaxobchasida 5% komissiya undiriladi. Bankomatlarda esa valyuta komissiya to‘lovisiz qabul qilinadi. Shu sababli, har bir tijorat banki o‘zining ichki siyosatidan kelib chiqqan holda bankomatlar kursini belgilaydi.

Biz bulaarrning barchasini tushunishimiz mumkin. Biroq aholiga qulay bo‘lishi uchun kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi valyuta ayirboshlash shaxobchalarini ko‘paytirish yoki bankomatlar kursidagi tafovutni minimallashtirish, aholiga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash borasida Respublika Markaziy banki tomonidan ijobiy o‘zgarishlar qilinishini kutib qolamiz.

Zero, Yurtboshimizning “Yangi O‘zbekiston – bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir. Shu bois mamlakatimiz iqtisodiy tizimi to‘liq qayta qurilmoqda, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, bozor mexanizmlarini amalda joriy etishni boshladik.

Hozirgi vaqtda elektron kartochkadagi pullarni bankomatlar orqali naqd pulga aylantirish, milliy valyuta kursining “qora bozor”da – bir xil, banklarda esa boshqacha bo‘lishi, xorijiy valyutalarni sotib olish, fuqarolikka ega bo‘lish, O‘zbekistonning istalgan hududidan uy-joy va mol-mulk sotib olish hamda ularni ro‘yxatga qo‘yish bilan bog‘liq muammolar tarixda qoldi”, degan ta’kidiga biz ham ishonaylik.

10:08 • 09 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish