Biz jismoniy shaxslarning kreditga layoqatliligi mavzusini davom ettiramiz va bugun biz banklar o'z mijozlarining kredit layoqatini qanday baholashlari haqida gaplashamiz.
Kredit olish uchun bankka murojaat qilgan har bir shaxs o’ziga “Bank so’ralayotgan kreditni berarmikin?” degan savolni beradi. Ko'pincha banklar u yoki bu sabablarga ko'ra ba'zi kredit arizalarini ma'qullamaydilar va rad etish sabablarini ham tushuntirmaydilar. Bunday hollarda, banklar o'z mijozlarining kreditga layoqatliligini qanday baholaydilar va nima asosda kredit berishdan bosh tortadilar, degan savol tug'iladi.
Butun dunyoda banklar kredit berishdan oldin mijozni sinchiklab tekshiradilar. Bu jismoniy va yuridik shaxslarga ham tegishli. Biz jismoniy shaxslar uchun ma'lumotlar taqdim etganligimiz sababli, aynan jismoniy shaxslarning kreditga layoqatliligini baholash usullari haqida batafsil ma'lumot beramiz.
Mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda asosiy mas'uliyat bankning kredit mutaxassisi zimmasiga tushadi. U mijozni har tomonlama - uning to'lov qobiliyatidan tortib, tashqi ko'rinishi va xatti-harakatigacha baholashi kerak. Bankning har bir mijozi individualdir va shunga mos ravishda ularning har biriga individual yondashish kerak.
Umuman olganda, bank mijozi – jismoniy shaxsning kredit qobiliyatini baholashning uchta asosiy usuli mavjud:
Kredit olish uchun bankka tashrif buyurganda, mijozlardan ko'pincha so’rovnoma to'ldirish so'raladi. Qoida tariqasida, savollar potentsial qarz oluvchi haqidagi quyidagi asosiy ma'lumotlarga tegishli bo’ladi:
Olingan javoblar asosida, kredit mutaxassisi potentsial qarz oluvchiga ma'lum bir ball qo'yadi. Kredit tasdiqlanishi yoki rad etilishi bu ballga bog'liq bo’ladi. Ushbu usul mijozni skoring baholash deb ataladi. Skoring kreditga layoqatlilikni baholashning tarkibiy qismlaridan biridir va shuning uchun faqat reyting bahosi asosida kredit berish to'g'risida qaror qabul qilish yetarli emas. Skoring baholash turlarini keyingi maqolada batafsil ko'rib chiqamiz.
Skoring bilan birgalikda, banklar mijozning kredit tarixini o'rganadilar. Kredit tarixi – bu potentsial bank mijozining kredit va moliyaviy tarixi haqidagi ma'lumotdir. Kredit olish uchun murojaat qilganda, bank taqdim etilgan rekvizitlardan foydalangan holda kredit tarixi byurosiga so'rovnoma yuboradi va olingan javobga ko'ra, kredit berish mumkin yoki yo'qligini baholaydi. Kredit tarixi va uni qanday qilib bilish mumkinligi haqida oldingi maqolalarda batafsil yozgan edik.
Mijozning kredit qobiliyatini baholashning oxirgi bosqichi to'lov qobiliyatining moliyaviy ko'rsatkichlarini baholashdir. To'lov qobiliyatining asosi bo’lib potentsial qarz oluvchining daromadlari to'g'risidagi ma'lumotlar hisoblanadi. To’lov qobiliyatini baholash haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda o'qishingiz mumkin.
Shunday qilib, kredit olish uchun bankka murojaat qilgan jismoniy shaxs va agar u kredit ajratilishi bo’yicha ijobiy qaror qabul qilinishini istasa, kredit mutaxassisining shaxsiy ma’lumotlar yoki qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish haqidagi so‘rovini bankning majburiy talabi sifatida qabul qilishi va talab etilgan ma’lumotlarni hotirjamlik bilan taqdim etishi kerak. Ma'lumotlar va hujjatlarning to’liq va to'g'ri taqdim etilishi kreditni tasdiqlash uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Agar Siz qaysi banklar sizga kredit ajratishi mumkinligini bilmoqchi bo'lsangiz, o'zingizning kredit layoqatingizni bizning saytimizda Kreditga layoqatlilikni tekshirish sahifasida baholang.