Top.Mail.Ru

Kredit tarixini qanday bilish mumkin?

Bank qonunchiligida kredit olgan mijoz, mavjud kredit qarzdorligini vaqtida qaytarayotgan bo’lsa va eng asosiysi qo’shimcha kredit olish uchun to’lov qobiliyati yetarli bo’lsa yana kredit olishi mumkin.

Kredit tarixini qanday bilish mumkin?

Aytgancha, siz kredit olishingiz uchun avval olingan kreditingizni vaqtida to’lagan bo'lishingiz, kechiktirilgan qarzdorlik bo’lmasligi kerak. Chunki har bir kechiktirilgan kredit to’lovingiz *KATM(Kredit-axborot tahliliy markazi) kredit byurosi tomonidan nazoratga olinadi va sizni shubhali mijozlar toifasiga kiritib qo’yadi, bunda keyinchalik banklar tomonidan sizga kredit berilishi rad etilishida sabab bo'lishi mumkin.


Ma’lumot uchun:
 
KATM kredit byurosi - "Kredit-axborot-tahlil markazi" mas'uliyati cheklangan jamiyati O'zbekistonning birinchi va yagona kredit byurosi bo'lib, faoliyatining asosiy maqsadi qarz oluvchi va qarz beruvchi o'rtasidagi munosabatlarda shaffoflikni taminlash orqali tavakkalchilikni kamaytirish va xavfsiz biznes tashkil etishda ko‘maklashishdan iborat.

Kredit byuro faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

- kredit axboroti subyektlari – jismoniy va yuridik shaxslarning kredit tarixi ma‘lumotlar bazasini shakllantirish;
- kredit tarixi ma’lumotlarini foydalanuvchilarga va kredit subyektining o‘ziga taqdim etish xizmatini ko‘rsatish;
- kredit axboroti subyektlarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish va ularning reyting tizimini shakllantirish;
- kredit axboroti subyektlarining to'lov qobiliyati, kredit layoqati va to'lov intizomini baholashda yordam berish.

Quyida saytimiz foydalanivchilari uchun kredit tarixini bilish tartibi bo’yicha qo’llanmani taqdim etamiz:

 

19:43 • 04 November, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish