Davlat xizmatchilari uchun @murojaatargosbot tizimi ishga tushdi
Davlat xizmatchilari uchun @murojaatargosbot tizimi ishga tushdi
Siz Davlat xizmatchisimisiz, sizni qandaydir muammolar qiynayaptimi, sohani rivojlantirish bo‘yicha taklifingiz bormi? Unda, ushbu imkoniyat siz uchun!
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatchilari uchun ommabop tarmoqlardan biri bo‘lgan telegram mesenjerida @murojaatargosbot — murojaatlar botini ishga tushirdi.
Bot davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, ular uchun mehnat munosabatlarida teng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlash maqsadida Agentlikning rasmiy murojaatlar tizimiga ulandi.
Ariza, taklif, shikoyatingiz bo‘lsa, start tugmasini bosing va murojaatingizni qoldiring. Agentlik ushbu mexanizm orqali davlat xizmatchilarini qiynab kelayotgan tizimli muammolarni o‘rganadi, tahlil qiladi va mavjud kamchiliklarni yechish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Unutmang, murojaatingiz davlatimizning rivojlanishi uchun muhim.