Top.Mail.Ru

To’y marosimlarini o’tkazish uchun iste’mol kreditlari

Iste’mol kreditlarning maqsadlari bugungi kunda juda keng ko’lamli bo’lib, jumladan to'y marosimlarini o’tkazish uchun ham beriladi.

To’y marosimlarini o’tkazish uchun iste’mol kreditlari

Ma'lumki, to'yni o'tkazish katta xarajatlarni talab qiladi, bu nafaqat to'y marosimining o'zi, balki uyni yangi mebel va maishiy texnika bilan jihozlash, yangi turmush qurganlarga sarpo va zargarlik buyumlarini sotib olish, to'y libosi sotib olish va boshqa xarajatlardir. Shu holatda shaxsiy mablag'lar yetarli bo'lmasa, iste'mol kreditidan ishonchli foydalanish mumkin. Iste’mol krediti yuqoridagi barcha xarajatlarni to'lash uchun sarflanishi mumkin.

Bugungi kunda iste'mol kreditlarining tanlovi yetarlicha. Biz sizga eng qulaylarini misol sifatida keltiramiz.

Milliy bankda to'y uchun iste'mol krediti (mebel, maishiy texnika, zargarlik buyumlari sotib olish) 54 million so'mgacha 3 yilgacha bo'lgan muddatga, yillik 25% bilan 3 oylik imtiyozli davr bilan taqdim etiladi. Kredit 2 yil muddatga 2 oylik imtiyozli davr bilan yillik 23%, 1 yilga esa yillik 21% bilan imtiyozli davrsiz beriladi. Agar kredit summasi 27 million so'mdan oshmasa, ta’minot sifatida uchinchi shaxs kafilligi qabul qilinishi mumkin. Kattaroq miqdor uchun mol -mulk garovga qo'yilishi kerak bo'ladi.

Asia Alliance Bank 135 million so'mgacha bo'lgan iste'mol kreditlarini beradi. Bunday miqdor uchun, albatta, bank talablariga javob beradigan likvidli garovni taqdim etish zarur. Bu kredit bo'yicha foiz stavkasi 1 yilgacha yillik 23%, 2 yilgacha 25,99% va 3 yilgacha 26,99%ni tashkil etadi.

Turonbank tomonidan 81 million so'mgacha bo'lgan uch yillik muddatga yillik 26 foizli iste'mol krediti beriladi. Bu kredit garovi ham kredit miqdoriga bog'liq.

Shuningdek, to'y marosimlari uchun iste'mol kreditlari Invest Finance Bank, Ipoteka Bank, Trust Bank, Aloqa Bank, Hamkor Bank va boshqalar banklar tomonidan taqdim etiladi.

Ta'kidlash joizki, iste'mol kreditlari faqat tovarlar yoki xizmatlar sotuvchisining joriy hisobvarag'iga pul o'tkazish yo'li bilan va faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olish uchun beriladi. Iste'mol kreditini naqd pul ko’rishida olish mumkin emas.

Barcha iste'mol kreditlarining barcha shartlari bilan Depozit.uz saytining "Iste'mol kreditlari" sahifasida batafsil tanishishingiz mumkin.

15:45 • 30 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish