Top.Mail.Ru

Tijorat banklari tomonidan aholiga kredit ajratishning kechiktirilish sabablari nima deb o‘ylaysiz?

Respublika Markaziy banki rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, tijorat banklarida muammoli kreditlar salmog‘i ortib bormoqda.

Tijorat banklari tomonidan aholiga kredit ajratishning kechiktirilish sabablari nima deb o‘ylaysiz?

Respublika Markaziy banki rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, tijorat banklarida muammoli kreditlar salmog‘i ortib bormoqda. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 2021-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, muammoli kreditlarning jami ulushi 6,2 foizga yetgan. Ya’ni, o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarish 0,7 foizni tashkil etmoqda.

Bu nimadan dalolat beradi? Agar chuqur mulohaza yuritilsa, tijorat banklari tomonidan aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida ko‘plab kredit mablag‘lari ajratiladi. Biroq, ajratilgan kredit mablag‘lari o‘z vaqtida qaytmasligi oqibatida banklarning muammoli kreditlari salmog‘i ortishiga sabab bo‘ladi. Muammoli kredit ortdi degani, tijorat bankiga keyingi tashrif buyuruvchi mijoz uchun kredit ajratilishda muammolar tug‘ilishidir.

Bugungi kunda mijozlar tomonidan bu holat yaxshi tahlil qilmagan holda murojaatlarning ham ko‘payishiga sabab bo‘layotgani achinarli holat. Chunki, bank ham tijorat tashkiloti hisoblanadi. U ham aholi omonatga qo‘ygan mablag‘lari hisobidan kredit ajratadi. Biroq, hozirgi statistikaga nazar tashlasak, tijorat banklari tomonidan aholiga kredit ajratishda salbiy muammolar kelib chiqish arafasida turibdi. Ayniqsa, TBC bank va Tengebanklar ham mazkur ro‘yxatdan joy olgani kishini ajablantiradi.

Albatta, bu holatni oldini olish uchun aholi ham tijorat banklari pul mablag‘lari omonat ekanligini, uni o‘z vaqtida qaytarish lozimligini his qilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Siz ta’lim krediti, ipoteka krediti yoki iste’mol kreditlaridan foydalanishni istaysizmi? U holda, mas’uliyatni his qilgan holda tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan kredit to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!

11:11 • 02 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish