Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” forumining birinchi kuni yakunida, O‘zbekiston hukumati va Turkiya, Vengriya hamda Fransiya biznesi vakillari bilan bir necha shartnoma va memorandumlar imzolandi.
Xususan, imzolangan shartnomalar quyidagilardan iborat:
Mazkur bitim doirasida 26,8 mln. yevro miqdorida 30 yil muddatga 2 foizdan kredit ajratilib, grant hajmi 3,0 mln. yevroni tashkil qiladi.
Ajratilgan kredit mablag‘lari iqtisodiyotning barcha sohalariga, shu jumladan, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, qishloq tadbirkorligi va boshqa yo‘nalishlarda barcha tadbirkorlar uchun ajratiladi.
Loyihaning maqsadi:
1. Dasturning maqsadli guruhlari, shu jumladan ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar va mikrokredit tashkilotlari uchun o‘rta va uzoq muddatli kreditlarning barqaror taʼminotini oshirish;
2. Korxonalarning bozor integratsiyasini kuchaytirish va dasturning muhim tarmoqlarida (kichik va o‘rta biznes, ishlab chiqarish, qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi bilan chegaralanmagan) qiymat zanjirlarini mustahkamlash;
3. Kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar vakolatlarini shakllantirishda ko‘maklashish va Dasturning oxirgi benefitsiarlarining moliyaviy savodxonligi va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish (grant mablag‘lari hisobidan).
UZAIFSA 3,0 mln. yevro grant mablag‘larini dastur doirasida Konsultant tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlarni moliyalashtirish uchun ajratadi («Qo‘shimcha chora-tadbirlar» komponenti).
«Qo‘shimcha chora-tadbirlar» komponentini amalga oshirish uchun KfW tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan dastlabki tanlov va xalqaro ochiq tender asosida mustaqil malakali Konsultant jalb qilingan.
Shuningdek, loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshirilishi (Germaniya taraqqiyot banki shartlariga asosan Toshkent shahridan tashqari), hamda kredit mablag‘lari qishloq hududlarida joylashgan tashabbuskorlarning iqtisodiyotning barcha sohalari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi subloyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim etiladi.
Tijorat banklari tomonidan loyiha tashabbuskorlariga kredit mablag‘larni quyidagi shartlar asosida ajratilishi rejalashtirilgan:
Kredit mablag‘lari loyiha tashabbuskorlariga 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga 400 ming yevro ekvivalentiga teng bo‘lgan miqdorgacha ajratiladi.