Top.Mail.Ru

Shaxsiy biznesni boshlash: Biznes reja

Biznes-reja - bu loyiha uchun kelgusi bir necha yil uchun hisob-kitoblar va istiqbollari batafsil tasvrilangan hujjatdir

Shaxsiy biznesni boshlash: Biznes reja

Biznes-reja - bu loyiha uchun kelgusi bir necha yil uchun hisob-kitoblar va istiqbollari batafsil tasvrilangan hujjatdir. Bu potentsial investorlar yoki siz qarz oladigan bankka, hamkorlar, vositachilar, sizning jamoangizga va albatta sizga loyihani amalga oshirishda zarur hisoblanadi.

Biznes-reja odatda 3-5 yil uchun oldindan yoziladi. Ammo siz iqtisodiy sharoit tez o'zgarib borayotganini inobatga olgan holda bir yilga ham tuzishingiz mumkin.
Biznes-rejaning asosiy vazifasi - bu potentsial sheriklarni investitsiyalar nuqtai nazaridan sarflangan kuch va moliyaviy resurslarni oqlaydigan, qiziqarli loyiha ekanligiga ishontirishdan iboratdir.

Biznes-reja mahsulot yoki xizmat tavsifi, bozor tahlili, ishlab chiqarish rejasi, kompaniyangizning tashkiliy tuzilmasi, mahsulotlarni reklama qilish strategiyasi va barcha asosiy hisob-kitoblarni umumlashtirgan moliyaviy rejani o'z ichiga oladi. U bir qancha savollarga: loyihani ishga tushirish uchun qancha mablag' kerak va u qancha vaqt davomida o'zini oqlaydi kabilarga javobni o'zida mujassamlashtirishi lozim.

Raqamlarsiz, biznes-reja albatta, ishonchli bo'lmaydi. Siz biznes qanchalik foydali bo'lishini oldindan tushunishingiz kerak. Shuning uchun, biznes-reja bir nechta majburiy komponentlarni o'z ichiga olishi kerak:

-ishlab chiqarish rejasi va tovarlar yoki xizmatlar tannarxini hisoblash;
-reklama va mijozlar bilan muloqotning boshqa turlarini ilgari surish rejasi va xarajatlar smetasi;
-tashkiliy reja va xodimlarning ish haqini baholash, shuningdek tashqi (masalan, kuryerlik) xizmatlar;
-barcha moliyalashtirish manbalari va daromadlarni, shuningdek hamma narsani, shu jumladan bir martalik xarajatlar va soliqlarni hisobga oladigan moliyaviy reja.

Natijada, biznes-rejada loyihani ishga tushirish uchun qancha mablag' kerakligi, u o'zini o'zi ta'minlay boshlagach, qancha vaqtdan keyin sarmoya qilingan mablag'larni qaytarish mumkin bo'ladi va qanday foyda kutish mumkinligi ko'rsatilishi kerak.

Biznesni boshlash uchun ma'lum miqdorni aytish qiyin, chunki har bir faoliyat turi o'ziga xos xarajatlarni talab qiladi. Masalan, uy ishlab chiqarishni boshlash uchun tijorat binosida biznes boshlashdan ko'ra ancha kam mablag' kerak bo'ladi.

Kompaniyani ochish uchun zarur bo'lgan dastlabki mablag'ga ega bo'lish muhim, faoliyatning dastlabki bir necha oyi uchun zarur bo'lgan joriy xarajatlarni hisobga olishga ham e'tibor qaratish lozim. Ishga tushirish xarajatlari, operatsion xarajatlaridan tashqari, kamida birinchi 90 kun uchun qo'shimcha byudjet bo'lishi kerak.

Shunday qilib, mablag' yetishmasligi bilan bog'liq tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni oldini olish uchun, dastlabki bosqichda, biznesni boshlash uchun mumkin bo'lgan barcha xarajatlar haqida o'ylash va bu raqamga kutilmagan xarajatlar uchun zaxira byudjetini qo'shish muhim ahamiyatga ega.

20:23 • 27 September, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish