Top.Mail.Ru

Paxtachilik sohasi takomillashtiriladi

“Paxta xomashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Paxtachilik sohasi takomillashtiriladi

Unga ko‘ra, 2022 yil hosilidan paxta yetishtirishni va yig‘im-terimini Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:- paxta yetishtirish va yig‘im-terimni imtiyozli moliyalashtirish klasterlar va Urug‘chilikni rivojlantirish markazidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari orqali amalga oshiriladi.

Xususan qarorga ko‘ra, banklar tomonidan Jamg‘arma resurslaridan quyidagilar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi:

- paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxta yetishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz 24 oyga, 18 oylik imtiyozli davr va 19-oydan boshlab so‘nggi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;

- elita urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta yetishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada 14 oyga;

- paxta-to‘qimachilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta yig‘im-terimini moliyalashtirish uchun – paxta qiymatining 20 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz 12 oyga, 3 oylik imtiyozli davr bilan.

Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxta xaridi bo‘yicha yakuniy hisob-kitob uchun 12 oygacha milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya to‘lanadi, - deya taʼkidlanadi.

14:55 • 15 November, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish