Top.Mail.Ru

O’zbekistonda ortiqcha mablag’ni qayerga sarmoya qilish mumkin?

Depozit.uz biznes va moliya sohasi ekspertlari bilan birgalikda hozirgi sharoitlarda qanday qilib o‘z mablag‘larini saqlabgina qolmay, balki ko‘paytirish ham mumkinligi haqida so‘z yuritadi.

O’zbekistonda ortiqcha mablag’ni qayerga sarmoya qilish mumkin?

Milliy valyutadagi pullarni to‘shak ostida yoki “kopilka”da  saqlash unchalik ham to‘g‘ri qaror emas. Inflyatsiyani hisobga olganda ular yiliga kamida 10%ga qadrsizlanadi. O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun imkoniyatli investitsiyalashtirish  vositalari – bank omonatlari, qimmatli qog‘ozlar, esdalik tangalari, biznesdagi ulushlar hisoblanadi.

Moliyaviy vositalarni tanlashda ko‘plab nozik jihatlarni e’tiborga olish lozim. Hozirda eng ko’p tarqalgan tavsiya bu – bankdagi omonatlar, oltin quymalari va qimmatli qog’ozlar bozoriga investitsiya kiritishdir. 

Oxirgi yillarda islom moliyasi sohasi ham jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. Bunda "ribo"ga yo'l qo'ymagan holda, diniy tomondan tartibga solingan investitsiya vositalarining ham soni oshib bormoqda.

E'tiboringizga investitsiya kiritish usullari haqida ma'lumot taqdim qilamiz.

Timur Gulyamov, SAG kompaniyasi marketing mutaxassisi

Oddiy aholidan farqli ravishda biznes vakillari ham ortiqcha mablag'ni foydali usullar bilan ko'paytirish hamda ishonchli hamkorga ega bo'lish istagini bildirishadi. Islom qoidalari asosida faoliyat ko'rsatadigan "Iman invest" mana shu vositalardan biri hisoblanadi. 

Bunda siz pulingizni sherikchilikka tikasiz, bu esa shariatda muzoraba deyiladi. Muzorabaning asosiy sharti shundan iboratki, siz foyda ham zarar ham ko'rishingiz mumkin. Zarar ko'rgan taqdiringizda pulingizni ishlatgan sherik (ya'ni Iman invest) sizga pulingizni qaytarib bermaydi. Shariat bo'yicha pul tikuvchi puliga, ishlatgan odam mehnatiga kuyadi. Mehnat qilgan odamning mehnat mashaqqati ham unga yetarlidir.

Afzallik tomoni shundaki, Iman invest sizning investitsiyalaringizni 95% himoya qiladi. Ya'ni yuqorida aytib o'tgan holat yuzaga kelmasligi uchun ularda Islom moliyasining haqiqiy ekspertlari jamoasi faoliyat olib boradi. Investorning foyda ko'rish ehtimoli ancha baland, lekin minimal risklar ham bor.

 

Muhammadamin Hamroqulov, Moliya Vazirligi axborot xizmati bosh mutaxassisi

Aholining investitsiya va jamgʻarish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar muomalasini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻlchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqarmoqda.

Ogʻirligi 5, 10, 20 va 50 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajaradi va oʻz seriya raqamiga ega boʻladi.

Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valyutada eʼlon qilib boriladi.

Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shaxobchalarida tijorat banki tomonidan quyma egasiga toʻlovni darhol amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.

Qadogʻi buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekspertizadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng toʻlov toʻlab beriladi.

Qadogʻi but holatdagi oltin quymalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

 

So'nggi paytlarda dunyoda yuzaga kelgan vaziyat nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyoda pul-moliya siyosatini o'zgartirishga majbur qildi. 

Xorijiy valyuta (dollar) qiymati bir muddat oshib bordi. Ammo yana pasayish qayd etib, aholida inflyatsiyaga nisbatan immunitet hosil qila boshladi. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan asosiy stavkaning oshirilishi natijasida bank omonatlarining jozibadorligi oshdi va aholining bank omonatlariga qo’yilmalari ham sezilarli darajada ko’paydi.

Hozirda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan 33 ta bankdan 25 tasida onlayn jamg’arma hisobi ochish mumkin. Bunga raqamli Apelsin banki ham qo’shildi. O’rtacha foiz stavkasi 22-23% ni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda eng yuqori foizli omonatni  TBC Bank taqdim etmoqda. Omonat 18 oygacha ochilsa 23%dan, 24 oyga ochilsa 25% dan hisoblanadi.

16:13 • 05 May, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish