Top.Mail.Ru
14 Oct 2021 |  12,394

Hayot sug'urtasi nima?

Hayotni sug'urtalash - bu ijtimoiy va moliyaviy himoya bo'lib, u bir necha hodisalarni qamrab oladi: masalan, kasallik, o'lim yoki ma'lum yoshgacha omon qolish tufayli nogironlik. Bularning barchasi tanlangan sug'urta mahsulotiga bog'liqdir.

Hayot sug'urtasi nima?

Sug'urta kompaniyasi sug'urta tovonini to'laydi, qachonki: agar Sug'urtalangan shaxs ma'lum bir yoshga to'lganda, shuningdek baxtsiz hodisada vafot etgan taqdirda yoki Sug'urta shartnomasida nazarda tutilgan boshqa holatlar yuz bergan taqdirda. Odatda, o'lim holatlarida to'lov Sug'urtalangan shaxsning merosxo'rlari yoki Sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan Benefitsiar tomonidan qabul qilinadi. Bundan tashqari bank ham olishi mumkin - agar mashina yoki uy-joy garovga qo'yilgan bo'lsa (qarz oluvchining sug'urtasi).

Hayot sug'urtasi qanday ishlaydi?

Mijoz hayot sug'urtasi shartnomasini (klassik turdagi) tuzadi va har oy, har chorakda yoki har yili sug'urta mukofotlarini to'lab boradi. Agar sug'urta hodisasi shartnoma muddati davomida ro'y bersa, masalan, omon qolish yoki o'lim, Kompaniya kompensatsiya to'laydi. Qoida tariqasida, kompensatsiya miqdori amalda to'langan badallar miqdoridan bir necha barobar yuqori bo'ladi. Masalan, sug'urta muddati 13 oy bo'lgan, har oyda 1000000 so'mlik to'lov bilan shartnoma tuzilgan:

- Sug'urtalangan shaxs omon qolganda: 13 000 000 so'm, shuningdek 4% dan 7% gacha bonus oladi.

- halokatli oqibatlarga olib kelganda: uning merosxo'rlari yoki Benefitsiar 13 000 000 so'm oladi.

Hayotni sug'urtalashning boshqa turlari ham bor, masalan, hayotda maxsus muhim voqealar uchun mablag' to'plash, masalan, nikoh, bolaning tug'ilishi yoki ko'pchilik farzandlarning balog'at yoshiga qadar tejash va hokazo.

Bundan tashqari, hayotni sug'urtalash bo'yicha yuqori daromadli mahsulotlar mavjud, bu yerda katta bonus bilan samarali tejashdan tashqari, siz 13-oydan boshlab oylik annuitetlarni (oylik to'lovlar) ham olishingiz mumkin. Annuitet oylik to'lovning 100% ni tashkil qilishi mumkin va to'lovlar plastik kartangizga o'tkaziladi.

Shuni yodda tutish kerakki, davlatimiz hayotni sug'urtalash sohasini rag'batlantirish maqsadida soliq imtiyozlarini joriy etgan, bu esa sug'urta himoyasining zarur miqdori va amal qilish muddatidan tashqari, daromad solig'ini 12% ortiqcha tejashga imkon beradi. Kompaniyadan tanlangan dasturga qarab 4% dan 7% gacha bo'lgan bonuslar ham mavjud.

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi:
378 -modda, 15 -band

Shaxsiy daromad solig'i bo'yicha imtiyozlar: Jismoniy shaxslarning ish haqi va uzoq muddatli hayot sug'urtasi uchun ajratilgan boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

369 -modda. Umumiy daromadga kiritilmagan daromadlar

Umumiy daromadga kiritilmagan:

4) fuqarolar sug'urta kompensatsiyasi shaklida olgan summalar; (ya'ni, sug'urta da'vosi to'liq daromadga kiritilmagan va daromad solig'iga tortilmaydi).

Abdujalil Mametov АО "EUROASIA LIFE INSURANCE" Toshkent shahar filiali direktori

Abdujalil Mametov

АО "EUROASIA LIFE INSURANCE" Toshkent shahar filiali direktori

Savol berish

 Teglar

Sug'urta

O'xshash yangiliklar

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish