Top.Mail.Ru

Moliyaviy jihatdan yetuk inson ekanligingizning 7 belgisi.

Sizning yoshingiz va qancha pul topishingiz muhim emas. Muhimi, vaqtingizni va pulingizni qanday boshqarishingiz.

Moliyaviy jihatdan yetuk inson ekanligingizning 7 belgisi.

Sizning yoshingiz va qancha pul topishingiz muhim emas. Muhimi, vaqtingizni va pulingizni qanday boshqarishingiz. O'zingizni ushbu nazorat ro'yxati bilan sinab ko'ring va moliyaviy savodxonlik darajangizni bilib oling!

1. Siz ishlab topganingizdan kamroq sarflaysiz.

Moliyaviy savodxonlik sari birinchi qadam - bu xarajatlar daromaddan kam bo'lishi kerakligini tushunishdir. Agar siz topgan pulingizni hammasini sarflasangiz, hech qachon pul yig'olmaysiz. Ammo eng yomoni shundaki, bu yondashuv bilan siz ertami-kechmi minusga kira boshlaysiz. Bitta kredit olasiz, boshqa bankdan ikkinchisini olasiz, tanishlardan qarz so’raysiz, qarabsizki olti oydan keyin barcha topgan pulingiz qarzlarni to'lash uchun ketadi. Albatta, bu to’g’ri yondashuv emas va bunday qilishni biz hech ham tavsiya qilmaymiz.

2. Jamg’armalaringizni bitta joyda saqlamaysiz.

Xo'sh, agar siz topganingizdan kamroq pul sarflasangiz, demak, siz allaqachon bir muncha pul jamg’arib qo'ygansiz. Jamg’arib qo’ygan pullaringiz qayerda saqlanadi? Matras ostidami yoki kartadami? Depozitdami yoki aksiyalardami? Variantlarning har birining ijobiy va salbiy tomonlari haqida uzoq vaqt gapirish mumkin. Asosiysi, oltin qoidaga rioya qilish kerak: hamma pulni bir joyda saqlamang.

3. Sizda bir nechta daromad manbalari mavjud.

Barqaror ish yaxshi. Ammo oxirgi ikki yil shuni ko'rsatdiki, hatto eng barqaror ish ham tashqi omillar ta'sirida to’xtab qolishi mumkin. Shunday vaziyatlar uchun B rejangiz bormi? Bunda mutlaqo boshqa ish bo’lishi shart emas, balki ijaraga beradigan kvartira yoki dividendlar to'laydigan aktsiyalaringiz bo’lishi ham mumkin. Sizda hech bo'lmaganda kichik passiv daromad bo'lsa ham yaxshi. Agar u sizning faol daromadingizga teng bo'lsa, undan ham yaxshi.

4. Siz allaqachon nafaqa davri  uchun jamg'arishni boshlagansiz.

Qarilik uchun jamg'arish qanchalik tez boshlansa, shuncha yaxshi. Agar siz allaqachon nafaqa hisobraqamingiz haqida o'ylab qo’ygan bo'lsangiz, demak siz moliyaviy savodxonlik bo'yicha 70% odamlardan oshib ketgansiz. Albatta, ish beruvchi sizning pensiya hisobingizga har oy pul o'tkazadi, ammo buni yetarli darajadagi jamg’arma deb hisoblash qiyin. Hisobraqamingizni kuzatib turasizmi? Unda aynan hozir qancha pul borligini bilasizmi? Bu pul qanday to'lovlarga yetadi? Agar shu savollarga aniq javobingiz bo'lsa, demak siz to'g'ri yo'ldasiz.

5. Siz har doim har qanday to’lovlarni o'z vaqtida amalga oshirasiz.

Bu kommunal to'lov bo'ladimi yoki kredit qarzi bo'ladimi, siz hech qachon to'lovni kechiktirishga va jarima to'lashga yo’l qo’ymaysiz. Axir, bu katta muammolarga aylanishi mumkin bo'lgan keraksiz xarajatlarku. Biroq, agar elektr toki uchun kvitansiya stolingizda olti oydan beri yotgan bo'lsa, siz o’zingizni ustingizda ancha ishlashiz kerak.

6. Siz harajatlar jadvalini yuritasiz va qancha pulni nimalarga sarflashingizni aniq bilasiz.

Buning uchun yozma jadval yuritish shart emas. Bu byudjet yuritish uchun mobil ilova yoki shunchaki daftardagi eslatma bo'lishi mumkin. Yoki faqat karta orqali to'lov qilsangiz, mobil banking ilovasidan foydalanishingiz ham mumkin. Har doim pulni qancha va aynan nimaga sarflashni bilish haqiqatan ham moliyaviy jihatdan yetuk odamning belgisidir.

7. Sizda kamida uch oyga yetadigan moliyaviy havfsizlik yostig'i mavjud.

Albatta, siz moliyaviy xavfsizlik yostig'i nima ekanligini bilasiz va u doimo sizning qo'l ostingizda, shunday emasmi? Sizning hisobingizda kamida uch oylik tinch hayot uchun daxlsiz pul zaxirasi mavjud. Yoki hatto olti oyga ham yetadimi? Xo'sh, agar bu gap aynan siz haqingizda bo'lsa, tabriklaymiz, siz haqiqatan ham moliyaviy savodli odamsiz. Siz nazariyani bilasiz va uni amalda muvaffaqiyatli qo'llaysiz. Siz kelajagingiz haqida qayg'urasiz va hozirgi vaqtni nazorat ostida tutasiz. Shunday qilishda davom eting!

Yuqoridagilarning qaysi biri aynan siz haqingizda? Izohlarda yozib qoldiring.

16:29 • 25 February, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish