Top.Mail.Ru

Kredit tarixi nima va u nima uchun kerak?

Kredit tarixi - bu sizning barcha kreditlaringiz haqidagi maʼlumot:

Kredit tarixi nima va u nima uchun kerak?

Kredit tarixi - bu sizning barcha kreditlaringiz haqidagi maʼlumot: qayerda, qachon va qancha kredit olganingiz, kredit olishda qarz oluvchi yoki kafil sifatida ishlaganmi, aniq to‘laganmi yoki yo‘qmi, degan savollarga javob topish.

Bilamizki, hozirgi kunda aholining ko‘p qismi nafaqat tadbirkorlik qilish, balki uy-joy, avtomobil, maishiy texnika va jihozlar olish, to‘y o‘tkazish, farzandining kontrakt pulini to‘lash kabi turli ehtiyojlarini qondirishda kreditdan foydalanmoqda.

Kredit tarixi 4 bosqichdan iborat:

1. Bu sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz: ismi-sharifingiz, tug‘ilgan sana, pasport/ID karta raqamingiz hamda INN bo‘yicha maʼlumotingiz.

2. Bu yerda sizning barcha yopiq va faol kreditlaringiz tavsiflanadi, agar mavjud bo‘lsa, muddati va kechikishi to‘g‘risida maʼlumotlar beriladi. Bu, shuningdek, aliment, sud jarimalari va uyali aloqa operatorlari yoki uy -joy kommunal xizmatlari uchun qarzlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.

3. Bu yopiq maʼlumot hisoblanib, Sizga qaysi bank tomonidan kredit ajratilganligi haqidagi maʼlumot keltiriladi. Agar sizning qarzingiz kimgadir o‘tkazilgan bo‘lsa, bu maʼlumot ham yopiq qismda bo‘ladi.

4. Bu ajratilgan kredit yoki kredit olish uchun arizalar haqidagi maʼlumotlar - nafaqat siz kredit olganingiz, balki rad etgan holatlar haqida ham batafsil maʼlumotlar saqlanadi. Agar rad etilgan bo‘lsa, unda bu bo‘limda sabablari ko‘rsatilgan maʼlumot ham bo‘ladi. Shuningdek, bu yerda "defolt belgilari" qayd etiladi: to‘rt oy ichida ketma -ket ikkita kechikish “defolt” belgi qo‘yilishiga sabab hisoblanadi.

Xullas, Siz bir qancha tegishli hujjatlarni to‘plab, bankka borsangiz-u, sizga qarz berish rad etilsa, xafsalangiz pir bo‘lishi aniq. Aslida kredit berishni rad etishning asosiy sababi  salbiy tarixga bog‘liq. Agar siz avval ham kredit olib, uni to‘lashni kechiktirgan bo‘lsangiz, bu keyingi murojaatga o‘z taʼsirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bordi-yu, xatolik yuzaga kelgan bo‘lsa, buni aniqlashtirish va to‘g‘rilash mumkin.

Buning uchun Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tsangiz kifoya. Uning yordamida kredit tarixingizni onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Agar eski kreditingizni allaqachon to‘lab, yangisini olmoqchi bo‘lsangiz yangi kredit olish uchun ariza berishdan oldin Yagona portal orqali kredit tarixingizni tekshirib ko‘ring. Eski kredingizning allaqachon yopilganiga yana bir bor ishonch hosil qiling. Bu kutilmagan rad javobini olishdan saqlaydi va vaqtingizni tejaydi.

Shuningdek, Yagona portal orqali Siz “SMS-xabar” xizmatiga ulaning. Shunda kimdir noqonuniy ravishda nomingizga kredit olmoqchi bo‘lsa, bu haqda sizga xabarnoma keladi. Bunday vaqtda darhol bankka murojaat qilishingiz mumkin. Yagona portalda yo‘lga qo‘yilgan ushbu xizmat orqali siz nafaqat turli noaniqliklarning oldini olishga muvaffaq bo‘lasiz, balki banklarga ko‘nglingiz xotirjam va ishonch bilan murojaat qilasiz. 

Sizda savol tug‘ilishi tabiiy, kredit tarixi nimaga taʼsir qiladi?

Birinchidan, yangi kredit olishingizda ariza berganingizda, bank avval qanday to‘lov qilganingizni, shu jumladan boshqa banklarni ham darhol tekshiradi. Kredit berishdan bosh tortishlarning aksariyati aynan kredit tarixida biror narsa noto‘g‘ri bo‘lganligi bilan bog‘liq - masalan, to‘lovlarda kechikishlar ko‘p bo‘lgan. Bank sizga berishga tayyor bo‘lgan maksimal miqdor ham kredit tarixingizga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yodingizda tuting, agar banklar sizga osonlikcha kredit bersa, siz yaxshi tarixga egasiz. Ammo, agar siz shunchaki muhim qarz olmoqchi bo‘lsangiz va o‘z imkoniyatlaringizni baholamoqchi bo‘lsangiz, kredit tarixingizni ko‘rib chiqish foydali bo‘ladi.

18:15 • 02 August, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish