Top.Mail.Ru

Jamg'arib boriladigan hayot sug'urtasi - yuqori daromad olishning usuli sifatida

Pulni jamg’arish va ko'paytirish haqida o'ylaganda, birinchi navbatda, har bir kishida qanday qilib jamg’arilgan puldan maksimal foyda olish mumkin degan savol tug'iladi.

Jamg'arib boriladigan hayot sug'urtasi - yuqori daromad olishning usuli sifatida

Barqaror o'rtacha daromadga ega bo'lgan kishi har oy kichik miqdorni bo’lsa ham jamg'arma sifatida ajratishi mumkin. Ammo jamg'armalar o'z-o'zidan ko'paymaydi, ular biror sarmoya sifatida kiritilishi kerak. Bunday sarmoya usullaridan biri hayotni sug'urta qilishdir.

Mamlakatimizda bugungi kunda pul jamg'arishning bu usuli juda mashhur emas va biz “afsuski mashhur emas” deb aytishimiz mumkin. Chunki jamg’armoqchi bo’lgan pulingizni hayot sug'urtasiga yo'naltirish orqali siz yaxshigina qo'shimcha daromad olishingiz mumkin.

Jamg'arib boriladigan hayot sug'urtasi, aslida, bir necha yillar davomida muntazam ravishda to'ldirilishi kerak bo’lgan “kopilka” vazifasini bajaradi va bu vaqt davomida uning egasining hayoti sug'urta qilingan bo’ladi.

Ushbu sug'urta turi bilan:

  • kerakli pul miqdorni ma'lum bir muddatga to'plashingiz;
  • mablag'larni inflyatsiyadan himoya qilish uchun har yili kafolatlangan daromad olishingiz;
  • sog'lig'ingizni kutilmagan vaziyatlardan sug'urtalashingiz mumkin.

Hayotni uzoq muddatli jamg‘arib boriladigan sug‘urta qilish sxemasi oddiy: mijoz sug‘urta kompaniyasi bilan ma’lum muddatga shartnoma tuzadi va shartnomaning amal qilish muddati davomida muntazam ravishda (yillik, choraklik yoki oylik) sug‘urta badallarini to‘laydi. Mijoz o'zining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda sug'urta summasi va badallar miqdorini tanlaydi.

Sug'urta shartnomasining amal qilish muddati tugagandan so'ng, agar uning amal qilish muddati davomida hech qanday sug'urta hodisasi ro'y bermasa, kompaniya barcha to'langan sug'urta badallari va ularga hisoblangan foiz daromadlarini to'lab beradi, foiz daromadi sug'urta kompaniyasining investitsiya faoliyati va boshqa moliyaviy operatsiyalardan olgan foydasiga bo’g’liq bo’ladi.

Jamg'arib boriladigan hayot sug'urtasidan maksimal foiz daromadi bugungi kunda 12 oy uchun 6% ni tashkil qiladi. Foiz daromadlaridan tashqari,  ixtiyoriy jamg‘arib boriladigan sug‘urta shartnomalarini tuzgan shaxslar to‘langan sug‘urta badallaridan soliq imtiyozlari olish huquqiga ega. Soliq chegirmasi - bu daromad solig'iga tortilmaydigan miqdor. Bugungi kunda daromad solig’i 12% ni tashkil qiladi. Masalan, sug‘urtalovchiga 1 million so‘m o‘tkazgan bo‘lsangiz, ushbu summaning 12 foizi, ya’ni 120 ming so‘m tejaladi. Soliq imtiyozlari tufayli, jamg'arma sug'urtasi dasturlari oxir-oqibatda bank depozitlariga qaraganda ancha foydali bo'ladi. 

Bundan tashqari, sug‘urta kompaniyasi sug‘urta muddati davomida sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda mijozning oilasiga to‘liq sug‘urta summasini (ya’ni shartnoma muddati tugagunga qadar mijoz to‘plashi kerak bo‘lgan summani) to‘lashni kafolatlaydi. Sug'urta hodisalariga sug'urta shartnomasining amal qilish muddati davomida sodir bo'lgan baxtsiz hodisa natijasida yuzaga kelgan shikastlanishlar, ma'lum turdagi kasalliklar yoki sug'urtalangan shaxsning o'limi kiradi.

Shunday qilib:

  1. Agar pulni jamg’arish, lekin ularning xavfsizligi haqida qayg'urmaslikni istasangiz;
  2. Agar siz yaqinlaringizning, ayniqsa bolalarning kelajagi haqida qayg'ursangiz;
  3. Agar bank omonatlaridan yuqoriroq daromad manbaini topmoqchi bo'lsangiz;
  4. Agar siz pulni “yashirish”ni istasangiz;
  5. Agar siz o'zingiz nafaqaga pul yig’moqchi bo'lsangiz, jamg’arib boriladigan hayot sug'urtasidan foydalanishingiz kerak. Jamg'arib boriladigan hayot sug'urtasi bu ishonchli moliyaviy yostiq, kopilka va qo'shimcha daromaddir.

Jamg'arib boriladigan hayot sug'urtasi batafsil shartlari bilan Hayot sug'urtasi sahifasida tanishishingiz mumkin.

17:44 • 21 July, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish