Top.Mail.Ru

Ayrim hududlarda davlat tibbiy sug'urta tizimi sinov tariqasida ishga tushiriladi

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov 2023- yildan boshlab Navoiy viloyati va Toshkent shahrida davlat tibbiy sugʻurta tizimi joriy etilishni maʼlum qildi.

Ayrim hududlarda davlat tibbiy sug'urta tizimi sinov tariqasida ishga tushiriladi

Buning uchun:

  • Bir oy muddatda tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish boʻyicha qaror ishlab chiqiladi;
  • Toshkent shahridagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxonani kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan taʼminlashga 30 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi;
  • Poytaxtda 2023-yil 1-iyuldan tibbiy sugʻurta tizimi mexanizmlari joriy etiladi.

 

Bunda tibbiyot muassasalari toʻliq raqamlashtiriladi, har bir bemor qachon, qayerda va qanday davolanishi haqida aniq maʼlumotga ega boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, 2021 yilning 23 oktabr kuni prezidentning “Sugʻurta bozorini raqamlashtirish va hayot sugʻurtasi sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (PQ–5265-son) qarori qabul qilingan edi.

Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan majburiy sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta polislarini qogʻoz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinishi belgilangan edi.

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha hayot sugʻurtasi sohasidagi sugʻurta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda soligʻi boʻyicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilishi koʻzda tutilgan.

2022-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvargacha ish beruvchi tomonidan oʻz xodimlari uchun baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugʻurta qilish va tibbiy sugʻurta turlari boʻyicha tuzilgan sugʻurta shartnomalari asosida Oʻzbekistonda sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida qaralmaydi.

15:26 • 05 January, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish