Top.Mail.Ru

Kredit qaytmaslik xatarini sug'urtalash: nima uchun kerak va u qanday xavflardan himoya qiladi

Mikroqarzlar va iste'mol kreditlarini nisbatan kichik miqdorlarda berishda banklar ta’minot sifatida sug'urta polisi taqdim etilishini talab qiladi. Bu bank uchun ham, mijoz uchun ham qulay.

Kredit qaytmaslik xatarini sug'urtalash: nima uchun kerak va u qanday xavflardan himoya qiladi

Mijoz uchun garov ta'minoti taqdim etilishi va kafil izlashning shart emasligi sababli, banklar uchun esa hamkor sug’urta tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan eng qulay sug'urta shartlari sababli qulaydir. Aslida, bunday kreditlar aslida garovsiz beriladi, chunki so’nggi paytlarda banklar kreditlarni o'z mablag'lari hisobidan sug'urta qiladilar va mijoz alohida shartnoma imzolashi va sug'urta polisi uchun to'lashi shart emas. Bugun biz kredit nima uchun sug’urtalanishi, bu sug’urta nimalardan himoyalashi va sug’urta polisi nimalarga imkoniyat berishini aniqlaymiz.

Nega kreditlar sug'urta qilinadi?

Agar bank mijozga sug'urta qilishni taklif qilsa, u kreditni to'lamaslik xavfini kamaytirishga harakat qiladi. Agar kredit yirik xarid – kvartira yoki avtomashina uchun berilgan bo‘lsa, qonun garov ta’minotini sug‘urtalashni talab qiladi (kvartira va avtomobil kredit qaytarilgunga qadar bankda garovda qoladi va bu garov evaziga kredit beriladi). Ipoteka krediti holatida uyni sug'urta qilish kerak. Agar kvartira yonib ketsa yoki uy qulab tushsa, sug'urta kompaniyasi bankka uning narxini qoplab beradi. Avtomobilni kreditga sotib olayotganda esa butun kredit davri uchun kasko sug'urtasini rasmiylashtirish kerak (kredit to'langandan keyin ham uni uzaytirish mumkin, ammo bu avtomobil egasining ixtiyoriy qarori bo'ladi).

Mikroqarz yoki iste'mol krediti bo’yicha vaziyat boshqacharoq bo’ladi. Bunda hech qanday garov bo’lmaydi, qarz oluvchi shunchaki kredit tashkilotidan ma'lum miqdorda pul oladi. Bunday holda, majburiy sug'urta talab etilmaydi, biroq kredit shartlari uning mavjudligiga bog'liq bo'lishi mumkin.

Kreditni qaytarmaslik xavfi nima uchun va qanday sug'urta qilinadi

Bank uchun har bir mikroqarzning berilishi xavf hisoblanadi, chunki hech kim kreditorga qarz oluvchi o'z majburiyatlarini vijdonan bajarishi va qarzni o'z vaqtida to'lashi uchun kafolat bermaydi. Risklar qarzlar bo'yicha yuqori foiz stavkalari bilan qoplanadi. Bundan tashqari, sudgacha va sud jarayoni natijasida ham qarzlar qaytarilishi mumkin. Ammo ba'zi banklar uchun bu yetarli emas va ular mikroqarz sug'urtasi kabi vositadan foydalanadi.

Ushbu sxema sug'urta qildiruvchi sifatida kim harakat qilishiga qarab ikki usulda amalga oshirilishi mumkin - bank yoki qarz oluvchi.

  • Birinchi holda, qarz beruvchi bank sug'urta kompaniyasi bilan munosabatlarga kirishadi va sug'urta shartnomasi shartlariga muvofiq sug'urta badallarini to'lash orqali kreditlarning qaytarilmasligi xavfini sug'urta qiladi. Bunday sxema bo'yicha sug'urta hodisasi bo’lib qarz oluvchining qarzni to'lash bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaganligi sababli bank uchun zararlarning yuzaga kelishi hisoblanadi. Ushbu variantda qarz oluvchi mikroqarzning o'zidan boshqa hech qanday hujjat rasmiylashtirishi shart emas.
  • Ikkinchi holda, bank qarz oluvchi o'zi sug'urta qilishini taklif qilishi mumkin. Qarz oluvchi qarzni to'lash qobiliyatini yo'qotadigan boshqa hodisalar bilan bir qatorda, qarzni to'lash xavfi ham sug'urta qilinadi. Qarz oluvchi bank taklifini e'tiborsiz qoldirib, mikroqarz olish tartibiga bog’liq bo’lmagan holda mustaqil ravishda ham sug'urta qilishi mumkin. Bunday holda, mijoz ko'proq tanlash erkinligiga ega bo'ladi, lekin unga qulay kredit shartlari taqdim etilmasligi mumkin. Chunki bank hamkor tashkilotda sug'urta qilishni taklif qilsa, u sug'urta kompaniyasining har bir mijozidan o'z foydasiga ega bo’ladi.

 

Kredit sug'urtasi nimalarni qoplaydi?

Mikroqarz yoki iste'mol krediti bo'yicha sug'urta qilish orqali mijoz o'zini va yaqinlarini biror holat yuz berganda va qarzini to'lay olmagan taqdirda keraksiz xarajatlardan himoya qiladi. Bu biror shikastlanish sababli uzoq muddatli mehnatga layoqatsizlik, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi, baxtsiz hodisa, shuningdek, ishni yo'qotish kabi holatlar bo'lishi mumkin.

Albatta, sug'urta kompaniyasi to'lashdan bosh tortadigan istisnolar va bir qator holatlar mavjud. Bu tanlangan xavflarga bog'liq. Masalan, agar qarz oluvchining hayoti va sog'lig'i sug'urtalangan bo'lsa, lekin shu bilan birga u sug'urta qilishda o'zining jiddiy kasalliklarini (ijtimoiy ahamiyatga ega) ko'rsatmasa, sug’urta tashkilotlari sug'urta hodisasi sodir bo'lganda pul to'lashdan bosh tortadi. Ishdan bo'shatish sug'urtasi bilan esa, agar siz o'z xohishingiz bilan ishdan bo'shasangiz, sug'urta kompaniyasidan sug’urta pulini ololmaysiz. Bu yerda sug'urta hodisasi faqat tashkilotni tugatish yoki xodimlarni qisqartirish bilan bog’liq bo'ladi. Barcha istisnolar sug'urta shartnomasida yoziladi, shuning uchun uni o'qishni hech qachon e'tiborsiz qoldirmaslik kerak.

Oylikgacha uchun pul yetarli bo'lmaganda, qarz oluvchi unga qarzni to'lashga xalaqit beradigan noqulay holatlar sodir bo’lishi mumkin deb o'ylamaydi. Biroq bunday vaziyatlarni hisobga olish mantiqan to'g'ri bo’ladi, chunki biz ko'p voqealarni oldindan bila olmaymiz va bu holda sug’urta kabi moliyaviy himoyaga ega bo'lish maqsadga muvofiq bo'ladi.

15:22 • 09 January, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish