Top.Mail.Ru

Sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi

Hukumat qarori bilan Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi

Nizomga ko‘ra: 

  • Sug‘urtaning barcha turlari (klasslari) elektron shaklda sotiladi va rasmiylashtiriladi hamda ularning haqiqiyligini tekshirish sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida ma'lumotlar almashinuvi yo‘li bilan sug‘urta tashkilotining axborot tizimida va internet resursida amalga oshiriladi;
  • Sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urta tashkilotining axborot tizimi orqali ariza beriladi va tegishli ma'lumotlar avtomatik tarzda to‘ldiriladi;
  • Sug‘urta polislari ro‘yxatga olinib, ularning aylanmasi bo‘yicha monitoring olib boriladi.

 

Sug‘urta shartnomasi Yagona axborot tizimida ro‘yxatga olish va sug‘urta polisiga noyob raqam berish orqali tuziladi.

  1. 2022 yil 31 dekabrgacha barcha sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi hamda barcha sug‘urta kompaniyalarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
  2. 2023 yil 1 martgacha ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz rasmiylashtiriladigan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma onlayn tarzda yuborilishini hamda ko‘rib chiqilishini amalga oshirish bo‘yicha yagona mobil ilova ishga tushiriladi.
  3. 2023 yil 1 iyulgacha yagona mobil ilova orqali boshqa majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta da'volariga oid arizalar onlayn tarzda yuborilishi hamda ko‘rib chiqilishi amaliyotga joriy etiladi.

Shuningdek, 2023 yil 1 iyulgacha “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. 

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, sug‘urtaning barcha turlari (klasslari)ni elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat berilgan.

16:56 • 06 December, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish