Top.Mail.Ru

Dollar kursi o'zgarishining asosiy sabablari

Markaziy bank har kuni so‘mning xorijiy valyutalarga, jumladan, AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini belgilab beradi.

Dollar kursi o'zgarishining asosiy sabablari

Markaziy bank dam olish kunlaridan tashqari har kuni so‘mning xorijiy valyutalarga, jumladan, AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini belgilab beradi. Biz esa bu o'zgarishlarni, xususan, dollar kursidagi o'zgarishlarni doim kuzatib boramiz, chunki dollar kursi boshqalarga qaraganda tez-tez o'zgarib turadi. Lekin bu kunlik o'zgarishlar nima bilan bog'liqligini va aholi uchun nimani anglatishini hamma ham tushunmaydi. Bugun biz ushbu masalalarni oddiy so'zlar bilan tushunishga harakat qilamiz.

So‘mning xorijiy valyutaga nisbatan ayirboshlash kursi tijorat banklari tomonidan o‘z mijozlari – xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning tegishli buyurtmalari asosida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish amaliyotlari o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasining valyuta birjasidagi har kunlik banklararo savdo sessiyalarida shakllanadi. Ya'ni, valyuta kursi o'zgarishining asosi bu talab va taklifdir. Agar valyutaga talab oshsa, uning qiymati ham oshadi. Agar milliy tovarlar bilan operatsiyalar soni yoki investitsiyalar hajmi kamaysa, valyuta kursi pasayadi.

Markaziy bank so‘mning erkin suzib yuruvchi kurs rejimida valyuta kursi siyosatini olib boradi va banklararo savdolarda qatnashmaydi, ya’ni valyuta kursining bozor omillari ta’sirida o‘zgarishiga imkon beradi. Alohida hollarda Markaziy bank valyuta kursi keskin tebranishlarining oldini olish maqsadida chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalarini o‘tkazishi mumkin.

Nega dollarning kursi ko’proq hollarda ko'tariladi

Dollar so‘mga nisbatan doimo o‘sib boradi, degan fikrga hammamiz o‘rganib qolganmiz. Lekin aslida bunday emas. Ba'zida teskari holat ham kuzatiladi. Ammo shuni tan olish kerakki, so’mni mustahkamlanishidan ko'ra zaiflashish davrlari ko'proqdir.

Keling, AQSh valyutasining bizning so'mimizga nisbatan o'sishi nima sabablarga bog’liqligini ko’rib chiqaylik:

  1. Tayyor mahsulot tarkibida chetdan keltiriladigan xomashyo va asbob-uskunalarning ulushi kattaligi. Ishlab chiqaruvchilar o'zlariga kerakli tovarlarni valyutada sotib olishga majbur va natijada xorijiy valyutaga ortib boradi.
  2. Aholining  jamg‘arish vositasi sifatida so’mga nisbatan salbiy munosabati. Ishonchsizlik tarixdagi salbiy tajriba va mamlakatdagi yuqori inflyatsiya tufayli shakllangan. Shu sababdan ham jahondagi har qanday inqirozli vaziyat aholining dollar sotib olishiga va shu orqali valyutaga qo‘shimcha talabning paydo bo‘lishiga, natijada milliy valyutaning zaiflashishiga olib keladi.
  3. Korxonalarimizning xorijiy kreditorlar oldidagi qarzlarini to'lashi dollarga bo'lgan talabni oshiradi va shu orqali so'mni zaiflashtiradi.

Demak, valyutalarning kursi valyuta bozoridagi talab va taklifning o'zaro ta'siri bilan belgilanishiga yana bir bor ishonch hosil qilishingiz mumkin. Import xorijiy valyutaga talabni va shu bilan birga milliy valyuta taklifini yaratadi. Eksport mamlakatda xorijiy valyuta taklifini va shu bilan birga chet elda milliy valyuta talabini yaratadi. Shunday qilib, eksport mamlakatga import uchun to'lashga zarur bo'lgan valyutani "ishlab topish" imkonini beradi.

Dollar kursi birinchi navbatda unga bo‘lgan talabning yuqoriligi tufayli o‘sib boradi. Ammo bundan tashqari, Markaziy bank ham mustaqil ravishda dollar kursiga ta'sir qilishi mumkin.

Regulyatorning asosiy vazifasi moliyaviy barqarorlikni saqlashdir. Agar so‘mning kursi kuchli devalvatsiya, xorijiy valyutaga talabning oshishi, omonatlarning dollarlashuvi va banklar va korxonalarning moliyaviy barqarorligining yomonlashishi kabi holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan dinamikani ko‘rsatsa, Markaziy bank valyuta kursini barqarorlashtirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi:

  • Asosiy stavkani o’zgartirish. Uning oshirilishi so'mning dollarga nisbatan mustahkamlanishiga olib keladi, chunki depozitlar bo'yicha stavka oshib boradi va so'mni banklarda saqlash foydaliroq bo'ladi.
  • Valyuta interventsiyasi. Bozorda katta miqdordagi valyutani sotib olish yoki sotish orqali Markaziy bank joriy kursga ta'sir qiladi.

Shunday qilib, valyuta kursi, boshqa aktivlarning qiymati (tovarlar, qimmatli qog'ozlar) kabi talab va taklif nisbati asosida bozor tomonidan shakllanadi. Biroq, valyuta kursi juda muhim ko'rsatkich bo'lib, u narxlar darajasini va buning natijasida fuqarolarning hayot sifatini, umuman iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. Shuning uchun davlat vaqti-vaqti bilan valyuta kurslariga ta'sir o’tkazadi. 

Barcha banklarning valyuta kurslari bilan Valyuta kurslari sahifasida tanishishingiz mumkin.

15:31 • 12 August, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish