Top.Mail.Ru

Birlamchi bozor uchun ipoteka kreditlari: banklarning barcha takliflari

2023 yil noyabr oyi holatiga 35 ta bankdan 20 tasida birlamchi bozor uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin.

Birlamchi bozor uchun ipoteka kreditlari: banklarning barcha takliflari

Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka kreditlari 35 ta bankdan 10 tasi tomonidan beriladi. Bunday kreditning maksimal miqdori Toshkent shahri uchun 416,5 million so‘m, boshqa hududlar uchun 327,25 million so‘mni tashkil etadi. Boshlang‘ich to‘lov uy-joy narxining kamida 15 foizi miqdorida, foiz stavkasi sotib olingan boshlang’ich to’lov miqdoriga qarab 16-18 foiz miqdorida belgilangan. Ipoteka kreditlari 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi. Kredit mijozning xohishiga ko’ra ham differensial, ham annuitet to'lovi usulida qaytarilishi mumkin.

Quyidagi banklarda davlat dasturi asosida ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin.

 Bank nomiFoiz stavkasiBoshlang’ich to’lov
1.Agrobank18%15%
2.Ipoteka-bank18%15%
17%50%
3.

Ipoteka-bank

Rasmiy daromadsiz

18%30%
17%50%
4.Mikrokreditbank18%15%
17.5%30%
16.5%50%
5.Orient Finans bank18%15%
6.O‘zmilliybank18%15%
7.Turonbank18%15%
8.

Turonbank

Rasmiy daromadsiz

16%50%
16.5%60%
17.5%70%
9.Qishloqqurilishbank17.5-18%15%
10.Xalq banki18%15%
17.5%30%
17%40%

 

Davlat dasturidan tashqari birlamchi bozor uchun tijorat shartlari asosida quyidagi banklar ipoteka krediti ajratadi.

 Bank nomiFoiz stavkasiBoshlang’ich to’lovKredit muddatiMaksimal summa
1.Agrobank26%40%10 yil990 mln. so’m
26.5%25%
2.Asia Alliance bank24%50%5 yil462 mln. so’m
25%30%
3.Davr bank26.99%20%7 yil1.5 mlrd. so’m
4.Garant bank25%25%10 yilShartnomaga asosan
5.Hamkorbank25%26%10 yil600 mln. so’m
6.Infin bank24.99%26%10 yil810 mln. so’m
25.99%15 yil
7.Ipak Yo’li bank24%25%7 yil800 mln. so’m
8.Ipoteka-bank25.99%26%20 yil1.65 mlrd. so’m
9.Orient Finans bank22%35%20 yil800 mln. so’m
24%25%
10.

Orient Finans bank

Golden House uylari uchun

0%30%5 yil500 mln. so’m
11. 

Orient Finans bank

Foydali ipoteka*

18% 

(22-24%)

15% 

(25-35%)

20 yil816.5 mln. so’m
12.O’zmilliybank21%40%10 yil990 mln. so’m
23%30%
24%25%
13.Poytaxt bank23%25%5 yilShartnomaga asosan
25%7 yil
27%10 yil
14.Saderat bank24%30%7 yilShartnomaga asosan
15.Tenge bank23.9%50%15 yil820 mln. so’m
24.9%25%
16.Ziraat bank23.5%25%5 yil990 mln. so’m
24%7 yil
25%10 yil

*Ushbu ipoteka krediti shartlariga ko'ra, 416.5 mln. so'mgacha mablag'lar imtiyozli foiz asosida, qolgan qismi bankning tijorat shartlari asosida taqdim etiladi. 

O'zbekiston banklarida mavjud barcha ipoteka kreditlari shartlari bilan Ipoteka krediti sahifasida tanishishingiz mumkin.

16:49 • 13 November, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish