Top.Mail.Ru

Bank kredit ajratishdan bosh tortdi. Sababi nima?

Bugungi kunda bankdan kredit olish g'ayrioddiy narsa emas, agar bizga ma'lum ehtiyojlar uchun mablag' kerak bo'lsa, kerakli miqdorni olish uchun bankka murojaat qilishimiz kifoya.

Bank kredit ajratishdan bosh tortdi. Sababi nima?

Bugungi kunda bankdan kredit olish g'ayrioddiy narsa emas, agar bizga ma'lum ehtiyojlar uchun mablag' kerak bo'lsa, kerakli miqdorni olish uchun bankka murojaat qilishimiz kifoya. Ammo ba'zida biz bankning hech qanday sababsiz kredit berishdan bosh tortishi bilan duch kelamiz.

Shunda sizda "Nega bank kredit berishdan bosh tortdi?" degan savolni tug’iladi, garchi sizda yuqori maosh va yaxshi kredit tarixingiz bo’lsa ham.

Banklarning potentsial mijozga kredit berishdan bosh tortishining sabablari ko'p bo'lishi mumkin. Har bir bank kredit berish bo'yicha ijobiy qaror qabul qilishda o'z qoidalarini belgilash huquqiga ega. Banklarning rad javobining eng keng tarqalgan sabablarini ko'rib chiqamiz.

Sabab №1. Salbiy kredit tarixi. Bankka mijozning to'lov intizomini ko'rsatadigan salbiy kredit tarixi. Kredit tarixida barcha kredit majburiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar qayd etiladi: mijoz qayerdan va qachon qarz olgan, to'lovlarni kechiktirganmi, birgalikda qarz oluvchi va kafil bo'lganmi va hokazo. Kreditlar bo'yicha muddati o'tgan to’lovlarning mavjudligi rad javobining eng keng tarqalgan sababidir.

Bizning maslahatimiz kredit tarixingizni tekshirib ko'ring va qarzingiz yo'qligiga ishonch hosil qiling.

2. Potentsial qarz oluvchining barqaror daromad manbai yo'qligi yoki umuman daromad mavjud emasligi (rasmiy daromadga ega bo’lmaslik), shuningdek kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida uch oydan kam davr davomida ishlaganlik.

Bank kredit arizasi va kredit tarixini tahlil qilib, sizning qarzlaringiz bor yoki yo'qligini tekshiradi, qarz yukingizni baholaydi. Qarz yuki bu qarz oluvchining barcha kreditlari bo'yicha to'lovlar miqdorining (shu jumladan mijoz olmoqchi bo’lgan yangi kredit bo’yicha ham) uning o'rtacha oylik daromadiga nisbatidir. Kredit berishda banklar sizning daromadingizning taxminan 40-50 foizini tashkil etadigan oylik to'lov miqdorini hisobga oladi. Aks holda, qarz yukining haddan tashqari ko'payishi va siz pulni qaytarib bermaslik xavfi yuqori bo’ladi.

Bundan vaziyat bo’lmasligi uchun nima qilish kerak: bankka kredit olish uchun murojaat qilishdan avval, mavjud kreditlaringiz bo'yicha qancha to'layotganingizni hisoblang. Ushbu miqdorga yangi to'lovni qo'shing. Shunda daromadingizning qancha qismini kreditlarni qaytarishga yo’naltirishingiz kelib chiqadi. Agar natija daromadingizning 30-40%iga to'g'ri kelsa, kredit olish imkoniyatingiz yuqori bo’ladi.

3. O'zingiz haqingizda taqdim eilgan noto'g'ri ma'lumotlar.

Agar kredit arizasida mijoz haqida noto'g'ri ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lsa, bank buni firibgarlik sifatida baholashi mumkin. Albatta, bu yerda familiya yoki tug'ilgan sanadagi tasodifiy xatolik haqida emas, balki qasddan yolg’on ma’lumot taqdim etish haqida gap ketyapti. Misol uchun, mijoz mavjud kreditlari haqida ma’lumot bermasligi, yoki daromadini oshirib ko’rsatishi.

4. Bank talablarini bajarmaslik.

Bank va sizga kerak bo’lgan kredit shartlarini diqqat bilan o'qing, siz bankning ma’lum bir mezoniga javob bermasligingiz mumkin. Masalan, mijozning yoshi. Ko'pincha, qarz oluvchi 18 yoshga to’lgan va 60 yoshdan oshmagan bo'lishi kerak.

5. Skoring natijalari bo'yicha past ball.

Qarz oluvchining to'lov qobiliyatini avtomatlashtirilgan baholash natijalari bo'yicha past ball olish xavfi mavjud bo'lib, bu baholash tizimi "skoring" deb ataladi. Ushbu tizim to'liq avtomatlashtirilgan va uning natijalari bank xodimlari va boshqa uchinchi tomon omillariga bog'liq emas.

6. Katta miqdorda kredit so’rash.

Sizning barcha kreditlaringiz bo'yicha to'lovlarning umumiy miqdoriga e'tibor bering. Ular oylik daromadning 50-60% dan oshmasligi kerak.

Agar siz hozirgi moliyaviy imkoniyatlaringizga mos kelmaydigan kredit olish uchun ariza bergan bo'lsangiz, joriy majburiyatlaringizning bir qismini to'lamaguningizcha yoki daromadingizni oshirmaguningizcha sizga kredit berish rad etilishi ham mumkin.

Yuqorida aytilganlarning barchasini umumlashtirib, bankning salbiy qarori uchun juda ko'p sabablar bo'lishi mumkin degan xulosaga kelishimiz mumkin, ammo kredit berishdan bosh tortishning asosiy sabablari sizning moliyaviy ahvolingiz yoki qarz oluvchi sifatidagi obro'ingizdir.

Maoshingizni ish beruvchingiz belgilaydi, lekin kredit tarixingizni faqat siz yaratasiz. Va uni istalgan vaqtda tuzatishingiz mumkin. Albatta, muddati o’tgan qarzdorliklar to'g'risidagi ma'lumot hech qayerga yo'qolib ketmaydi, lekin agar bir yil oldin siz kreditni vaqtida to'lamagan bo'lsangiz, ammo undan keyin bironta to'lovni o'tkazib yubormagan bo'lsangiz, sizga katta ehtimol bilan kredit beriladi. 

Shuning uchun, sizga kredit berish rad etilgan bo’lsa, nima sababdan bunday bo'lganini tushunishga harakat qiling. Undan keyin bankka to’gri kelmagan vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartiring.

Qanday bo'lmasin, biz sizga kredit olish va uni qaytarishda mas'uliyatli yondashuv muhimligini eslatib o'tmoqchimiz, chunki mijozning kredit tarixi yomonlashishi kelajakda keyingi kreditlarni olishda katta salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

19:07 • 14 February, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish