Bank depozit yacheykasi – bu bankdagi shaxsiy seyflar bo‘lib, mijoz qimmatbaho buyumlarini va hujjatlarini xavfsiz saqlash uchun mo‘ljallangan.
Bank depozit yacheykasi – bu bankdagi shaxsiy seyflar bo‘lib, mijoz qimmatbaho buyumlarini va hujjatlarini xavfsiz saqlash uchun mo‘ljallangan. Bank yacheykasidan jismoniy va yuridik shaxslar birdek foydalanishlari mumkin.
Uning afzalliklari nimalardan iborat?
- - Dam olish hamda uzoq muddatli safarda vaqtingizni xotirjam o‘tkazish;
- Yacheykalarni himoya qilish texnik vositalari bilan jihozlangan zamonaviy jihozlar tufayli qimmatbaho va pul mablag‘larining xavfsizligiga ishonch hosil qilish;
- Maxfiylik tamoyiliga rioya qilishga ishonch hosil qilish. -
Seyfni ijaraga olish usuli qanday?
- - Bankka ariza bilan murojaat qilish;
- Zarur hujjatlarni taqdim etish;
- Ijara pulini to‘lagandan so‘ng, seyf hajmidan istalgan paytda foydalanish mumkin. -
Bank depozit yacheykalarida nimalarni saqlash taqiqlanadi?
- - Yonuvchan, toksik, portlovchi, giyohvand, radioaktiv, kimyoviy, bakteriologik moddalar; qurol-aslahalar, saqlanishi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi tomonidan muntazam taqiqlangan boshqa narsalar va materiallar.
- Aylanmadan chiqarilgan va/yoki maxsus ruxsatnomasiz saqlash uchun taqiqlangan narsalar; suyuqliklar; - - tez buzilgan ovqatlar;
- - Seyf, qo‘shni yacheyka va ularning tarkibiga zarar yetkazishi, Bank depozitariyasiga yoki Bank xodimlarining salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar va materiallar.
- Davlat tizimida konstitutsiyaga zid ravishda o‘zgartirishlar kiritishni, hokimiyatni qo‘lga olishni yoki qonuniy saylangan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududining birligiga konstitutsiyaga zid ravishda yo‘l bilan tajovuz qilishga chaqiradigan siyosiy yoki diniy xususiyatga ega (shu jumladan, varaqalar) taqiqlangan adabiyot. -
Bank depozit yacheykalari narxlari qancha summani tashkil qiladi?
Bank depozit yacheykasini ijaraga olish miqdori uzunlik, kenglik va chuqurlik kabi parametrlar asosida aniqlanadi. Yacheyka hajmi qancha katta bo‘lsa, ijara haqi shuncha qimmat bo‘ladi. O‘rtacha, bank yacheyka oyiga 5 000 so‘mdan 112 000 so‘mgacha turadi.
Qaysi tijorat banklarida bank depozit yacheykalari mavjud?
- - Orient finans bankning Bosh ofisi, Markaziy Amaliyot, Shayxontohur va Samarqand filiallarida
- Hamkorbankning 22 ta filialida;
- Aloqabankda;
- Infinbankda. -
Depozit yacheykalari rivojlangan mamlakatlar bank tizimida eng ko‘p talabga ega bo‘lgan bank xizmatlaridan hisoblanadi. Oddiy aholidan tortib biznes vakillarigacha tegishli bo‘lgan qimmatli buyumlar bank depozit yacheykalarida saqlab kelinadi. Rivojlangan davlatlar aholisi mehnat ta’tili va xizmat safari davomida yoki qimmatbaho buyumlarni saqlash bilan bog‘liq xavotirdan kelib chiqib, bank depozit yacheykalaridan foydalanishadi.