Top.Mail.Ru

Asosiy stavkaning o’zgarishi sizning kredit va omonatlaringiz foiziga ta'sir qiladimi?

Umuman olganda kredit olgan yoki bankka omonat qo’ygan har bir shaxs ushbu bank mahsulotlari bo’yicha foiz stavka nima asosida o’rnatiladi, bunaqa foiz o’zi qayerdan kelgan degan savolga qiziqib ko’rgan bo’lsa kerak

Asosiy stavkaning o’zgarishi sizning kredit va omonatlaringiz foiziga ta'sir qiladimi?

Asosiy stavka o’zi nima? 

Umuman olganda kredit olgan yoki bankka omonat qo’ygan har bir shaxs ushbu bank mahsulotlari bo’yicha foiz stavka nima asosida o’rnatiladi, bunaqa foiz o’zi qayerdan kelgan degan savolga qiziqib ko’rgan bo’lsa kerak. Bu savolga javob berish uchun aynan asosiy stavka tushunchasiga izoh berish kerak. 

Markaziy bank ushbu stavkaga quyidagicha izoh bergan: Markaziy bank asosiy stavkasi – inflatsion targetlash rejimi doirasida pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy instrumenti bo`lib, Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiradigan pul-kredit operatsiyalari bo`yicha mo`ljal foiz stavkasi hisoblanadi. Ushbu stavkani o`zgartirish orqali Markaziy bank iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan pul-kredit sharoitlarini belgilab boradi.

Albatta bunday izoh moliya sohasidan bo’lmagan odam uchun umuman tushunarsizdir. Keling oddiy tilda tushuntirib beramiz. 

Asosiy stavka tijorat banklari tomonidan Markaziy bankdan kredit olish uchun minimal foiz hisoblanadi. Ya’ni tijorat banki Markaziy bankdan “ulgurji” narxda qarz oladi, so‘ngra o‘z foizlarini qo‘shgan holda ushbu pullarni “chakana” narxda mijozlarga taklif qiladi. 

Aslida, aksincha bo’lishi ham mumkin, ya’ni bankda bo'sh mablag'lar mavjud bo'lsa, bank ularni Markaziy bankka depozit hisobvarag'iga aynan asosiy stavka miqdorida foiz to’lanishi sharti bilan joylashtirishi mumkin.

Shuning uchun kreditlar va depozitlar bo'yicha foizlar miqdori aynan asosiy stavkaga bog'liq.

Asosiy stavkaning pasayishi yoki ko’tarilishi nimani anglatadi?

Stavkaning pasayishi:

  • Kreditlar bo’yicha foiz pasayadi, depozitlarning esa jozibadorligi pasayadi;
  • Iqtisodiyot va ishlab chiqarishning o'sishi rag'batlantiriladi;
  • Xarid qobiliyati ortadi;
  • Biroq, inflyatsiya darajasi ko’tariladi.

Stavkaning ko’tarilishi:

  • Iqtisodiyot "muzlash" holatiga o’ta boshlaydi;
  • Kredit olish juda qimmatga tushadi;
  • Biznesning rivojlanishini sekinlashadi;
  • Iste'mol tovarlariga bo'lgan talab kamayadi;
  • Biroq, tebranib qolgan iqtisodiyot barqarorlashadi.

Buni quyidagi misollarda yanada yaqqolroq tushunish mumkin:

1-misol. Markaziy bank asosiy stavkani oshiradi --> odamlar uchun pulni depozitga qo'yish foydaliroq bo'ladi --> odamlar xaridlarga kamroq mablag 'sarflaydi. Kompaniyalar vaziyatga moslashishga va narxlarni pasaytirishga majbur bo’ladi (hech bo'lmaganda ularning o'sishini sekinlashtirishi kerak), chunki endi xaridlar qilishga kamroq pul ajratadigan xaridorlar uchun raqobat jiddiylashadi. Ushbu misolda narxlarning ko'tarilishi to’xtaydi va natijada inflyatsiya kamayadi.

2-misol. Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi --> odamlar uchun pulni depozitga qo'yish foydasiz bo'ladi --> odamlarning xarid qilish uchun qo'lida ko'proq pul bor --> bu pul xarid qilish uchun sarflanadi. Kompaniyalar o'zlarining tovarlari va xizmatlariga talab ortib borayotganini ko'rishadi, bu esa narxlarni oshirishi mumkinligini anglatadi. Narxlar oshadi, bu esa inflyatsiyaning o'sishini anglatadi.

Asosiy stavka darajasi Markaziy bank boshqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati sharoitlari, joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda belgilanadi. Agar inflyatsiya darajasi ko'tarilsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani ko'taradi. Agar inflyatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi.

Ma’lumot uchun: O’zbekistonda 2020 yil 11 sentabrdan boshlab asosiy stavka 14%ni tashkil etadi. Asosiy stavkani qayta ko'rib chiqish bo'yicha Markaziy bankning navbatdagi yig'ilshi 2022 yil 10 mart kuni - ya'ni ertaga o'tkazilishi rejalashtirilgan edi, lekin asosiy savdo hamkor davlatlar iqtisodiyotidagi o'zgarishlarni qo'shimcha tahlil qilish zarurligi sababli bir haftaga qoldirildi.

19:54 • 09 March, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish