“UzASBO” dasturiy majmuasi bilan “Anor” to’lov tizimi integratsiya qilinmoqda.
Moliya vazirligi axborot xizmati maʼlumot berishicha, O‘zbekiston Respublikasi to‘lov xizmatlari bozorida 20 dan ortiq to‘lov kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi o‘rtasida bir nechta tijorat banklari bilan hamkorlik memorandum imzolangan.
Shulardan biri “AnorBank” aksiyadorlik tijorat bankining “Anor” to’lov tizimi hisoblanadi. Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi tomonidan budjet tashkilotlariga zamonaviy texnologik xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida “UzASBO” dasturiy majmuasi bilan “Anor” to’lov tizimi integratsiya qilinmoqda.
“Anor” to’lov tizimi tomonidan budjet tashkilotlari xodimlariga mikroqarzlarni rasmiylashtirish va mikrokreditlarni berishni amalga oshirish rejalashtirilgan.