Top.Mail.Ru

Uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari.

Ma’lumki, ipoteka kreditlari nafaqat uy-joy sotib olish, balki yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ham beriladi. Bugungi kunda ushbu kredit davlat dasturiga muvofiq ham, banklarning tijorat shartlarida ham beriladi.

Uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari.

Bugun biz davlat dasturi doirasida ajratilayotgan ipoteka krediti shartlarini ko’rib chiqamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martidagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-sonli Farmoniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratib kelinmoqda.

Tartibga ko’ra, yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish deganda fuqaroning belgilangan tartibda umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha asosida fuqaroning o‘z kuchi bilan, xususiy pudrat tashkilotini yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilarni yollagan holda yakka tartibdagi uy-joy qurish, uning me’morchilik-rejalashtirish yechimlarini o‘zgartirish, uyning ustiga, yoniga qo‘shimcha qurish, eskirgan konstruksiyalar va muhandislik inshootlarini, shu jumladan, tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqdan tashqari) qismlarga ajratgan, almashtirgan holda o‘zgartirish tushuniladi.

Ushbu dasturga muvofiq, ipoteka shartlari quyidagilardan iborat:

  • Boshlang’ich badal – qurilish ishlari qiymatining 15% miqdorida.
  • Kredit muddati – 20 yilgacha.
  • Imtiyozli davr – mijozning xohishiga 6 oygacha.
  • Maksimal summa – 327,25 mln so‘m.
  • Foiz stavkasi - 17-18%.
  • Kreditni qaytarish – differensial yoki annuitet to'lov.

Kredit quyidagilarga pul o'tkazish yo'li bilan beriladi:

  • qurilish kompaniyalari hisobvarag‘iga;
  • xususiy pudratchilar hisobvarag‘iga;
  • qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar yoki do'konlari hisobiga;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar nomiga ochilgan bank kartalariga.

Qurilish uchun ipoteka kreditini quyidagi banklarda rasmiylashtirish mumkin: O‘zsanoatqurilishbank, Hamkorbank, Mikrokreditbank, Milliy bank, Aloqabank, Qishloqqurilishbank, Orient Finans bank, Xalq bank, Agrobank va Asakabank.

Yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Mijoz uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish ishlarini boshlashdan avval o‘z tanloviga ko‘ra loyihalash tashkilotiga loyiha-smeta hujjatlari uchun buyurtma beradi; 

Uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish uchun shahar (tuman)lar qurilish bo‘limlariga murojaat qiladi; 

Uy-joyning qurilishi yoki rekonstruksiya ishlari tugallangandan keyin qarz oluvchi bir oy muddatda uy-joyni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha dalo-latnoma rasmiylashtiriladi; 

Belgilangan tartibda uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;

O‘z hisobidan qurilishi (rekonstruksiya ishlari) tugallangan ipoteka predmetini yo‘qolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomasini tuzadi; 

Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma yoki qonun asosida ipotekani rasmiylashtiradi va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Muhim! Ushbu ipoteka krediti Toshkent shahrida joylashgan uy-joy qurilishi va rekonstruksiya ishlari uchun berilmaydi.

Uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlarining batafsil shartlari bilan Ipoteka sahifasida tanishishingiz mumkin.

16:16 • 12 May, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish