Top.Mail.Ru

Toshkentda Islom korporatsiyasining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 28-30 oktyabr kunlari Al Huda islom bankchiligi va iqtisodiyoti markazi (AlHuda CIBE) xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha "Islom korporatsiyasi ko‘magida Islom banki va moliya" mavzusidagi ikkinchi forum bo‘lib o‘tadi.

Forum davomida islom bankchiligi, takafful va islomiy mikromoliyalash masalalari muhokama etiladi.

Tadbir kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

  • • MDHda islomiy moliyaviy mahsulotlar/operatsiyalarni joriy etish;
  • • MDH mamlakatlarida islom banki va moliya sohasidagi me‘yoriy -huquqiy tizim;
  • • Islom banki va moliya sohasida MDHda paydo bo‘layotgan imkoniyat va potentsiallar;
  • • O‘zbekiston qanday qilib MDHda islom banki va moliya sektorini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi mumkin
  • • O‘zbekistonda Shariat talablariga javob beradigan investitsiya yo‘llarini yaratish va boshqalar.
     
Eslatib o‘tamiz, AlHuda islomiy bank va iqtisodiyot markazi butun dunyoda foizsiz bank va moliya tizimini rivojlantirish maqsadida bundan 15 yil oldin vujudga kelgan.

17:17 • 07 September, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish