Top.Mail.Ru

Toshkent shahrida birinchi Ipoteka markazi tashkil etildi.

Toshkent shahrida birinchi Ipoteka markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahrida birinchi Ipoteka markazi tashkil etildi.

10 avgust kuni Toshkent shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida birinchi Ipoteka markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu markaz “Yagona darcha” formatida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi birinchi bu kabi muassasa hisoblanadi. Kelgusida bunday markazlarni respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Ipoteka markazining maqsadi aholiga ipoteka kreditlash masalalari bo‘yicha aholiga kompleks xizmat ko‘rsatishdan iborat. Markaz ipoteka bozoridagi barcha takliflarni umumlashtirgan. Barcha tashrif buyuruvchilarga Toshkent shahrida qurilayotgan uy-joylar, ipoteka krediti berayotgan banklar, ularning shartlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, oldi-sotdi shartnomalarini, garov va ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish, uy-joyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibida ham yordam ko‘rsatiladi. Eng muhimi, barcha xizmatlar bir joyda ko‘rsatiladi.

Prezidentning soʻzlariga koʻra:

“Xalqimiz turmushini yaxshilash uchun qancha qarorlar chiqayapti, qulayliklar yaratilyapti. Lekin ko‘pchilik bundan to‘la xabardor emas. Bilganlar ham qayerga borishni bilmay, ovora bo‘ladi. Bu markaz uy olishni istaganlarga kompleks xizmat ko‘rsatib, og‘irini yengil qiladi. Endi markazning elektron platformalarini rivojlantirib, odamlarga yanada qulaylik yaratish kerak”.

Davlat rahbari, shuningdek, ko‘pchilik yer uchastkasi bilan xususiy uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditidan foydalana olmasligini ta’kidladi. Shu bois, xususiy uy-joylar uchun ipoteka kreditlashni  kengaytirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilda ipoteka kreditlari uchun tijorat banklariga budjetdan 13 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Lekin olti oyda aholiga bu mablag‘larning 30 foizi berilgan, xolos.

17:29 • 11 August, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish