Ko‘plab arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, O‘zbekiston — Markaziy Osiyo tarixida nafaqat ilk shaharsozlik madaniyati va davlatchilik anʼanalari vujudga kelgan hududlardan biri‚ balki mintaqadagi miloddan avvalgi ming yillikning IV-III asrlarida dastlabki mahalliy tanga pullar zarb qilina boshlangan mintaqa sanaladi.
Tovar ayirboshlashning eng qulay vositasi bo‘lmish tanga zarb qilish anʼanasi Turonda ikki ming yillik o‘tmishga ega.
Demak, o‘tmishdan maʼlumki tanga zarb qilish bizga ajdodlarimizdan qolgan meros hisoblanadi.
Buni Davlat statistika qo‘mitasi xabarida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin, chunki O‘zbekistonda 2020 yilda 295 tonna tanga pullar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 89 tonnaga oshgan.