Top.Mail.Ru

Talonchi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Milliy gvardiya rasmiy xabariga ko‘ra, 2021 yilning 8 avgust kuni tungi soat 01.00 da Yashnobod tumani Parkent ko‘chasida joylashgan “Turonbank”ning Yashnobod filiali bankomatida o‘g‘rilik sodir etilayotganligi haqidagi “tashvish” xabari kelib tushgan.

Milliy gvardiyaning Yashnobod qo‘riqlash tumani tezkor guruhi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va nomaʼlum shaxsning bankomatni buzishga harakat qilayotgan vaqtda qo‘lga olgan.

O‘tkazilgan dastlabki surishtiruv jarayonida maʼlum bo‘lishicha o‘g‘rilik vaqtida qo‘lga olingan shaxs 2000 yilda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan J.Q. (holat yuzasidan tuman 2-sonli IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani sababli ismi sharifi ochiqlanmagan) ekanligi aniqlangan.

09:47 • 10 August, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish