16 Jul 2021 |  2,063

Taʼlim kreditlari bo'yicha foiz stavkalari o'zgardi: bu kimga foyda keltiradi va kim yo'qotadi?

Maʼlumki, shu vaqtga qadar Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari berish to‘g‘risida”gi qarori bilan taʼlim kreditlari bakalavriat bosqichida taʼlim olayotgan talabalarga o‘n yilgacha, magistraturada tahsil olayotganlarga esa, besh yilgacha bo‘lgan muddatga ajratilishi ko‘zda tutilgan edi.

Taʼlim kreditlari bo'yicha foiz stavkalari o'zgardi: bu kimga foyda keltiradi va kim yo'qotadi?

Maʼlumki, shu vaqtga qadar Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari berish to‘g‘risida”gi qarori bilan taʼlim kreditlari bakalavriat bosqichida taʼlim olayotgan talabalarga o‘n yilgacha, magistraturada tahsil olayotganlarga esa, besh yilgacha bo‘lgan muddatga ajratilishi ko‘zda tutilgan edi.

Shu bilan birga, mazkur qarorning 3-bandiga ko‘ra chin yetimlarga, Mehribonlik uyida tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga imtiyozli shartlarda, yaʼni nol foiz stavkasi (foizsiz kredit)da talaba krediti ajratilgan. Kam taʼminlangan oilalarning talaba farzandlari uchun esa kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan taʼminlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab berilgandi.

Yaqinda Prezident tomonidan qabul qilingan “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijimoiy faolligini yana-da oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan respublikadagi OTMda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va o‘qish muddati tugagandan keyin yettinchi oydan boshlab, 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida taʼlim kreditlari berilishi yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

Mazkur farmon bilan bir qator qulayliklar yaratilgan. Xususan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida taʼlim olayotgan farzandlariga 2021/2022 o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi qoplab berilishi qayd etilgan. Lekin mana shu daftarlarga endi kimlarning farzandlari ismi sharifi kiritiladi? Shunisi odamni o‘ylantiradi!

To‘lov kontraktning to‘liq summasi qoplab berilishida kim foyda ko‘radi? Talabami yoki tijorat banklarimi? Albatta, taʼlim krediti ajratilishini biz ijtimoiy nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak talaba uchun bu juda muhim. Biroq, tijorat bankning asosiy maqsadi foyda olish, inflyatsiya darajasi yuqorilab borayotgan davrda tijorat banklari uchun imtiyozli kredit ajratish albatta yaxshi natija bermaydi. Natija bo‘lmagach esa, taʼlim kreditlari bilan murojaat qilgan talabaga bu turdagi kredit vaqtincha to‘xtatilganligi maʼlum qilinadi yoki tanish-bilishchilik holatlari uchrab turadi.

Avvaldan taʼlim krediti olish oddiy aholi uchun murakkab va sarsongarchiliklarga sabab bo‘lgan, bu farmon ijrosi qay tarzda bajarilishini vaqt ko‘rsatadi. Aziz o‘quvchi, Siz taʼlim kreditidan foydalanganmisiz? Siz kredit so‘rab tijorat banklariga murojaat qilganingizda biror muammolar yuzaga kelmayaptimi?  Fikr-mulohazalaringizni @depozit_uz_admin yoki https://depozit.uz/reviews manzilimizga yo‘llashingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish