09-August, 14:36 |  2,246

Talabalar uchun ta'lim kreditlari

To'lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim krediti haqida ma’lumotga ega bo’lish juda muhim.

Talabalar uchun ta'lim kreditlari

Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish imtihonlari ketayotgan ayni vaqtda kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim krediti haqida ma’lumotga ega bo’lish juda muhim. Bu borada Depozit.uz sizga yordam beradi.

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish istagidagi yoshlarning ta’lim olishi uchun imkoniyatlar va sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida Prezidentning yangi qarori qabul qilinganligi to’g’risida ma’lum qilgan edik. Ushbu qarorga ko’ra ta’lim kreditlari shartlari har tomonlama talabalar uchun qulay bo’lishi belgilab berildi. Endilikda ta’lim kreditlari quyidagi shartlarda ajratiladi:

Foiz stavkasi – yillik 14% (Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta'lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.).

Kredit muddati - talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7 yil, ya’ni kredit muddati talabaning o’qish davriga qarab belgilanadi.

Kredit oluvchi – talaba, uning oila a’zolari esa birga qarz oluvchi bo’lib ishtirok etadi.

Kredit ta’minoti – kafillik yoki mol-mulk garovi.

Eng muhimi mazkur qarorga ko’ra, endi ta’lim kreditlari respublikadagi nafaqat davlat oliy ta'lim muassasalari, balki xususiy va xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga ham kontrakt to‘lovlari uchun ajratiladi.

Hozirgi vaqtda tijorat banklarining ta’lim kreditlari shartlari ushbu qarorga muvofiq oz’gartirilmadi. Lekin yaqin kunlarda o’zgarishlar bo’lishini kutib qolamiz. Yangiliklardan habardor bo’ling.

Hozirda mavjud ta’lim kreditlari shartlari bilan https://depozit.uz/credits/education sahifasida tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish