Top.Mail.Ru

Subsidiya olish bo'yicha o‘zgarishlar

Hukumatning tegishli qaroriga asosan, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun aholiga subsiyadiya to‘lash muddati uzaytirildi.

Subsidiya olish bo'yicha o‘zgarishlar

Hukumatning tegishli qaroriga asosan, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun aholiga subsiyadiya to‘lash muddati uzaytirildi.

Unga ko‘ra, 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

- Turar joy sotib olish (qurish) uchun harbiy xizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari va tegishli idoralarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga kiritiladi. Bunda sotib olinadigan turar joyning shartnomadagi qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda, dastlabki badal shartnomada ko‘rsatilgan qiymatning 25 foizi miqdorida ajratiladi.

Shuningdek, qarorning 5-bandiga ko‘ra:

- Dastlabki badal miqdori sotib olinayotgan (qurilayotgan) uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy uchun dastlabki badal miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha uning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymati ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal to‘lanayotgan sanada belgilangan uy-joyning hisoblangan qiymatidan ortiq bo‘lmasligi kerak, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.

Xususan, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi qayd etilgan bo‘lib, 2020 yil 31 dekabrgacha subsidiya ajratilishi uchun taqdim etilgan arizalar bo‘yicha subsidiya ajratish muddati ilgari 2021 yil 1 iyulgacha qadar belgilangan bo‘lsa, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bu muddat 2021 yil 1 dekabrga qadar uzaytirildi.

Hujjat 2021 yilning 24 avgust sanasidan boshlab kuchga kirgan.

21:06 • 31 August, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish