Top.Mail.Ru

So'm/AQSH dollari kursining 2021-yilda kutilayotgan dinamikasi

AQSH dollari kursi o'sishi

So'm/AQSH dollari kursining 2021-yilda kutilayotgan dinamikasi

"O'zsanoatqurilishbank" ATB Biznes tahlili markazi tomonidan milliy valyutani AQSH dollariga nisbatan kursining 2021-yilga prognozi qilindi. Quyida mazkur hisobot matni bilan tanishishingiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilda iste'mol narxlari indeksi bo'yicha inflyatsiya darajasi 15,2% tashkil etdi va milliy valyutaning dollarga nisbatan kursi 8 339,55 dan 9 507,56 so'mgacha yoki 14,0% ga pasaydi. Valyuta kursining keskin pasayishi 2018-yil sentabr-oktabr oylarida (3,2% va 2%), 2019-yil avgustda (8,2%) va 2020-yil aprelda (6,0%) qayd etildi.

Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, 2020-yil yakuni bo’yicha inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi. Markaziy bankning 2021-yildagi asosiy yo'nalishi inflyatsiyani 10% darajasida ushlab turishga qaratiladi. Markaziy bank uchun milliy valyuta devalvatsiyasi darajasini va mos ravishda valyuta intervensiyalari ko’lamini belgilashda inobatga olinadigan asosiy omil iste'mol narxlarining o'rtacha o'sishini ta'minlashdir.

Markaziy bank tomonidan yuqorida qayd etilgan siyosat, shuningdek 2019-2020 yillardagi tendentsiyalar saqlanib qolingan taqdirda, 2021-yil oxiriga kelib so’mning AQSH dollariga nisbatan kursining quyi chegarasi 11 300 so'mni, yuqori chegarasi esa 11 600 so'mni tashkil qilishini prognoz qilish mumkin.

Bizning fikrimizcha, 2021-yilda valyuta kursi o'sishini ikkita ssenariysi mavjud:

1) Byudjet daromadlarini ko'paytirish maqsadida, 2020-yilda kuzatilganidek, Markaziy bank aprel-may oylarida NKMKdan oltin sotib olayotganda valyuta kursini pasaytiradi. Ma'lumki, pandemiya tufayli barcha mamlakatlarda byudjet daromadlari kamaygan va bugungi kunda, pandemiyaning salbiy oqibatlari 2021-yilda davom etmaydi deb hisoblashga asos yo'q.

2) Markaziy bank pandemiya oldidan bo'lgani kabi avgustdan sentabrgacha valyuta kursini pasaytiradi va keyinchalik inflyatsiya darajasi ichida valyuta kursining keskin devalvatsiyasiga yo'l qo'ymaydi.

 

14:18 • 22 January, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish