Biznes yo'lida eng boshida, katta pul, bilim va tajriba bo'lmagan paytda, biznesmenlar ko'pincha muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Jahon statistik ma'lumotlariga ko'ra, yosh tadbirkorlarning 90% birinchi yil ichida tanazzulga yuz tutgan.
Bugun biz tajribali tadbirkorlarning fikriga ko'ra muvaffaqiyatsizlikka olib keladigan TOP 5 xatoni ko'rib chiqamiz:
1. Bir vaqtning o'zida hamma narsani o'z zimmasiga olish.
Eng boshida sizga yordamchilar yetishmaydi, shuning uchun siz hamma narsani qila olmaysiz. Shu sababli, rivojlanishning ilk bosqichida kompaniyaning eng muhim vazifasini aniqlang va uni o'z zimmangizga oling. Boshqa ishlar ham ko'p bo'ladi, lekin ularni bir muddat kechiktirish yoki unutish maqsadga muvofiqdir. Yodingizda tuting: "20 ta joyga bir qadamdan ko'ra, bir yo'nalishga 20 ta qadam tashlash yaxshiroqdir". Gap shundaki, ustuvor vazifaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi aniqroq natijaga olib keladi. Hamma narsaga birdan kirishmang, izchil bo'ling!
2. Start paytida tajribaga ega bo'lmay turib, ko'p pul investitsiya qilish.
Samarali marketingga e'tibor qarating - tarmoqlarni tahlil qiling, savdo bozorlarini qidiring, atrofingizning ehtiyojlarini tushunishga harakat qiling.
3. Maqsadli auditoriyani aniqlashda o'zingizga e'tibor qarating.
Odamlar ko'pincha o'zlarining e'tiqodlariga ko'ra hukm qilishadi: "Bizning mahsulotimiz 25 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan o'rtacha maoshi yuqori bo'lgan erkaklarni qiziqtiradi". Biroq, gipoteza noto'g'ri bo'lishi mumkin. Va xato aynan shu noto'g'ri mahsulot yoki maqsadli auditoriyada yotadi. Shuning uchun, bo'lajak xaridorlarning mahsulotga bo'lgan talabini bir necha bor tekshirib ko'rgan ma'qul, ular qaysi joylarga tashrif buyurishi, ularni nima qiziqtirayotganini bilib oling. Faqatgina ushbu qadamlardan so'ng siz marketing strategiyangizni yaratishingiz mumkin.
4. Reja va maqsadning yo'qligi.
Biznes-reja va maqsad amalga oshirilgan harakatlarning samaradorligini baholashga yordam beradi. Siz hamma narsani daftarga yozishingiz mumkin, yoki biznes-rejalarni yaratish uchun maxsus dastur yaxshiroq. Daromad va xarajatlar tarkibini yozing, so'ngra kerakli daromadni hisoblang - "vizual" raqamga o'tish ancha oson.
5. Vakolatga ega bo‘lmaslik.
Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, ko'pchilik biznes jarayonlar dastlab sizga qaratilgan. Ammo vakolat berish imkoniyati paydo bo'lishi bilanoq - kechiktirmang. O'zingizni ba'zi operatsion vazifalardan ozod qilsangiz, kompaniyani rivojlantirish uchun vaqtingiz bo'ladi. Moliyaviy imkoniyatlaringizga qarab vazifalarni topshiring. Aks holda tadbirkorlik bilan emas, yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanasiz.