Shaxsiy biznesimizni yo'lga qo'yish uchun olg'a qadam tashlashda davom etamiz. Xo'sh biznes reja tuzib oldik, bozorni tahlil qildik, biznes uchun kerakli mablag'ni ham topdik.
Endigi qadam esa biznesni ro'yxatda o'tkazish. O'z tadbirkorlik faoliyatingizni rasmiylashtirish uchun ikki usulda davlat ro'yxatidan o'tkazishingiz mumkin:
1. Shaxsan kelgan holda
2. Internet orqali
1-usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
- talab etilgan ma'lumotlarni kiritish uchun tumaningizda (shahar) joylashgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilasiz;
- so'ng sizga to'lovni amalga oshirish uchun identifikatsion raqam beriladi;
- to'lov ijobiy amalga oshgandan so'ng, Guvohnomangiz avtomatik tarzda hosil bo'ladi va siz uni markaz xodimidan olishingiz mumkin.
Internet orqali esa, siz dastavval:
-elektron raqamli imzo olishingiz kerak. my.soliq.uz sayti orqali yoki istalgan Davlat soliq inspeksiyasining tuman (shahar) bo'limidan elektron raqamli imzo olishingiz mumkin;
-id.gov.uz saytidan login va parol olish uchun ro'yxatdan o'tishingiz lozim;
-fo.birdarcha.uz saytiga id.gov.uz sayti orqali login va parolingizni kiritgan holda kirasiz;
- tizimga kiriboq "Biznesni ro'yxatga olish" bo'limiga kirib, birma-bir barcha bosqichlardan o'tishingiz lozim.
Biznesni davlat ro'yxatidan o'tkazish va qayta ro'yxatdan o'tkazish internet orqali amalga oshirilganda belgilangan davlat bojining 90% miqdorini to'laysiz!